Rossiya-2018. Tahlil: Angliya, Braziliya, Belgiya
Rossiyada o‘tayotgan jahon chempionatini Yuriy Rozanov, Vasiliy Utkin va boshqa bir qator sharhlovchilar ham tahlil qilib, telegramdagi kanallarida havola qilib borishyapti. Men o‘zim uchun bu jabhada Stanislav Mininni kashf qildim. U o‘z telegram kanalida turnirda bo‘layotgan hodisalarga va jamoalarga o‘ziga xos va e'tiborga molik baholarini berib kelmoqda. Final o‘yinlarigacha yuzaga kelgan o‘rtadagi tanaffusdan foydalanib, Stanislavning ba'zi fikrlarini havola qilishni lozim topdik.
ANGLIYa: «Uyga qaytish»
Sautgeytning asosiy yutug‘i – u jamoani tarixdan beri osilib kelayotgan ruhiy zanjirdan xalos qildi. Angliya xuddi hammasini eng boshidan, yangi sahifadan boshlagandek tuyuldi. Go‘yoki zerikarli Eriksson ham, sharmandali Maklaren ham bo‘lmagandek, o‘sha Germaniyadan 1:4, Islandiyadan 1:2 hisoblaridagi mag‘lubiyatlar hech qachon sodir bo‘lmagandek.
Bu o‘ziga xos poydevor va buning ustiga yangi jamoa qurish mumkin. Bu ish bilan ham Sautgeyt shug‘ullanadimi yoki boshqa murabbiyni, endi farqi yo‘q.
Savol: yangi jamoa qanday bo‘lishi kerak? Inglizlarning bugungi avlodidagi eng asosiy ustunlik – tezlik, bundanam aniq qilib aytsam – yengillik. Buni ikki yil oldingi Yevroda ham payqash mumkin edi.
Sautgeyt bu yo‘nalishdan chalg‘imadi. Uning sxemasida uch himoyachi hujumni boshlashga javobgar, Xenderson esa muvozanat uchun kerak. Yo‘q, u to‘pni nazoratiga javobgar emas, u Busketsga o‘xshamaydi. To‘p tezroq hujumga yetkazib berilsa, hujumdagi to‘rtlik va qanotlardagi Trippe va Yang nimadir o‘ylab topishadi.
Ha, ko‘p gollar standartlardan urildi. Ammo o‘sha standartlarni ham avvalo, ishlash kerak. Bu ham o‘sha tezkor hujumga o‘tish orqali amalga oshirildi. Yarim finalning birinchi bo‘limidagi eng esda qolarli vaziyatga e'tibor bering – Pikford to‘pni egallab olishi bilan zudlik bilan oldinga, adashmasam, Sterling tarafga tepib yubordi.
Hammasi oddiy tashkil etilgan. Va bunday uslubga qarshi qanday o‘ynashni o‘ylab topish ham oson.
Uch himoyachiga bosim o‘tkazish kerak. Xorvatlar ham xuddi shunday qilishdi. Balki u qadar agressiv bo‘lmagandir, lekin doimiy tarzda bu ishni amalga oshirishdi. Pas berish uchun «yo‘laklar»ni yopishdi. Juda tez qaror qabul qilishga majbur qilishdi. O‘z-o‘zidan himoyachilarni asabiylashishga majbur qilishdi.
Inglizlar orqaga qaytishdi. Bu xorvatlarning o‘yiniga reaksiya edi. Xorvatlarda esa, bunday himoyani silkitish uchun yetarli aql ham, tajriba ham, salohiyat ham bor. Bu borada inglizlar fransuzlarga emas, belgiyaliklarga o‘xshashadi. Tennis o‘yiniga o‘xshaydi – himoya tezlik bilan hujumga o‘tishdan iborat. Buning uchun yuqori temp va bo‘sh zonalar kerak. Ko‘pchilik bo‘lib, pozitsion himoyalanish, o‘yinni ataylab buzish ularning qo‘lidan kelmaydi.
Agar kolumbiyaliklar tarkibida Xames o‘ynaganda, ularda ham inglizlarni yengish uchun imkoniyat katta bo‘lardi. Xames bilan Kolumbiya ham himoyachilarga bosim uyushtirishar, aqlli paslar bilan muvozanatdan chiqarishardi. Usiz Kolumbiya uch nafar tezkor «buldog»ni tushirdi va ko‘proq Alli va Lingard bilan ovora bo‘lib qoldi.
Menimcha, inglizlarga maydon markazida o‘yinni boshqaradigan aqlli tashkilotchi yetishmaydi. Keynning nuqul orqaga qaytgani ham bejiz emas, aslida uning vazifasi boshqa bo‘lsa-da...
Premer Liga ajoyib. U yerdagi yuqori tezlik odamni o‘ziga jalb qiladi. Lekin e'tibor qiling, u yerda ham fikrlash ko‘proq legionerlar zimmasiga yuklatilgan. Terma jamoa esa, tarkibiga De Bryuyne va Silvani (yoki Eriksen) qo‘shib ololmaydi. Bunday o‘yinchilar esa zarur. Hech bo‘lmasa, ba'zida boshqacha o‘ynash, maydondagi o‘zgarishlarga reaksiya berish uchun.
Coming Home – juda yaxshi shior, lekin aytish mumkinki, bu Angliya turnirda o‘zi uchun juda uzoqqa bora oldi. Umuman bu jamoa uchun erta finalda o‘ynash. Inglizlarning finalda o‘ynashlari, demakki, raqibning kuchsiz bo‘lganini anglatardi. Demak, finalga chiqish uchun aql shart emas, tezlikning o‘zi yetarli, degan xulosa chiqardi.
Va final katta ehtimol bilan bir tomonlama kechgan bo‘lardi. Hozir esa, umid bor.
BRAZILIYa: «Tite, ketma!»
Balki ertaga, yangiliklar sahifasini ochib, Titening iste'foga chiqarilganini o‘qib qolarmiz. Chempion bo‘la olmadingmi, ket! Shunaqa qoida bor.
Bu noto‘g‘ri va ahmoqona qoida. Braziliya Belgiyaga qarshi o‘yinda yomon o‘ynamadi. Belgiya ajoyib o‘ynadi, shunchaki.
Shunaqa bo‘ldiki, Braziliya o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi, keyin Belgiya raqibning satandart vaziyatidan so‘ng qarshi hujumda hisobni oshirdi. So‘ng, juda ko‘p vaziyatlar sodir qilgan Braziliya bitta gol bilan javob berdi. Kurtua ham qahramonlik ko‘rsatdi. Shu xolos. Yo boshqacha bo‘ldimi?
Agar futbolchilar o‘z imkoniyatlaridan foydalana olishmasa, murabbiyda ayb yo‘q. Murabbiy o‘yin uchun tanlagan rejada adashmagandi: braziliyaliklar o‘yinni yuqori pressing va to‘p nazorati bilan boshlashdi. Titening jamoasi salobatli, boshqarish oson. Jamoa ikkinchi bo‘limda yanada kuchaya oldi, hech kim o‘zidan ketmadi, bilganicha o‘z ishini qildi. Katta o‘yin qilishdi. Gol ura olishmadi. Ura olishmadi. Buyog‘i, Titega bog‘liq emas.
Ko‘pchilik oddiyroq sabab qidirishni yaxshi ko‘radi, masalan, Neymar yetakchi emas, simulyant, yig‘loqi. Ammo Braziliyaning goli aynan Neymarning to‘p uchun kurashi, unda g‘olib chiqishidan so‘ng yuzaga keldi. U Koutino uchun ham ajoyib vaziyat yaratdi. Zarba mukammal chiqqandi, ammo Kurtua ham kuchli darvozabon.
Neymar mag‘lubiyatning sababi emas. O‘yin bo‘ldi, gollar ham, vaziyatlar ham foydalanmaslik ham bo‘ldi. Bu o‘yin.
Tite, ketma!
BeLGIYa: «Yo‘qotilgan avlod»
Belgiya jahon chempionatlari tarixidagi o‘zining eng yaxshi natijasini takrorladi. Kamida. Yaqin yaqinda u mundialga chiqa olmayotgandi ham.
Belgiya Braziliyani, eng ahamiyatlisi, taktik tomondan yengdi. Chempionat boshlanmasdan oldin Belgiya bu darajada taktik moslashuvchan ekanini taxmin ham qilolmasdik.
Belgiya modeliga qoyil qolmay iloji yo‘q. Ba'zi o‘yinchilar, masalan Lukaku kabi, mutlaqo yangi tomondan kashf etildi, ba'zi futbolchilar, masalan Shadli va De Bryuyne deyarli har bir o‘yinda yangi vazifa va pozitsiyalarda to‘p surganiga qaramay, o‘z vazifalarini bajara olishdi.
Belgiyada o‘ziga xos hujum qilish uslubiga ega bo‘lgan jamoa. Klub emas, terma jamoada bunday natijaga erishish juda qiyin.
Belgiya nafaqat so‘nggi to‘rt yil, balki oxirgi ikki yilda ham ijobiy tomonga o‘zgarganini ko‘rib turibmiz. Avval u hech qanday turnirda favorit emasdi, endi esa, sovringa chindanam da'vogarlik qildi.
Belgiya Fransiyaga qarshi qanday o‘ynashni o‘ylab topa bildi. Azar De Bryuyne yordamida Pavar to‘p suradigan qanotga bosim o‘tkazdi va to Pogba o‘ng qanotga bog‘lab qo‘yilmaguncha, bir qator xavfli vaziyatlar yaratdi. Loris Fransiyani qutqardi.
Belgiya qatorasiga chempionatning eng kuchli ikki jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Eng kuchli, eng muvozanatli, eng o‘ziga ishongan va tartibli ikki terma jamoasiga qarshi. Birini yutdi, ikkinchisiga yutqazdi.
Qaniydi, hamma «yo‘qotilgan avlod» ham shunaqa bo‘lsa...
Sakkiz yil oldin hammaga nemislarning avlodi yoqqandi. Angliya va Argentina ustidan ajoyib g‘alabalarni eslang...
Keyin yarim finalda Ispaniyaga yutqazishdi. Kuchliroq bo‘lgan jamoaga. Bo‘lajak chempionga.
Haqli ravishda yutqazishgandi. Himoyachi gol urgan. Bosh bilan. «Barselona» himoyachisi...
Ha, «yo‘qotilgan avlod» deyishdi ular haqida ham. Murabbiy ham bo‘sh edi. Shunday avlod bilan hech narsaga erishmadi. Magatni taklif qilishsa bo‘lmasmidi...
Qahramon Aslanov tayyorladi
Mavzuga oid
18:54 / 10.12.2019
JCh-2018 mezbonligi korrupsiya orqali qo‘lga kiritilgan bo‘lishi mumkin
08:19 / 04.12.2018
Infantino G20 ishtirokchilariga JCh-2018 to‘plarini sovg‘a qildi
12:53 / 09.11.2018
Ronalduning het-trigi - eng yoqimli xotira. JCh-2018ning eng esda qolarli lahzalari aniqlandi
01:41 / 25.09.2018