Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyaga Ozarboyjon va Ukrainadan Gulen tarafdorlari olib chiqildi
Ozarboyjon va Ukraina maxsus xizmatlari ko‘magida turk muxolifatchisi Fathulla Gulen tarafdorlarini ushbu davlatlardan Turkiyaga olib chiqish bo‘yicha operatsiya amalga oshirildi. Bu haqda Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Qalin ma'lum qildi.
Anadolu axborot agentligining ma'lum qilishicha, Turkiya milliy razvedka tashkiloti Ozarboyjon va Ukrainadan Turkiyaga Gulen tashkilotining (FETO) ikki yuqori martabali a'zosini yetkazgan. Ma'lum qilinishicha, Turkiyaga yetkazilgan Iso O‘zdemir va Solih Zaki “qurollangan terrorchilik tashkiloti”ga a'zolikda ayblanmoqdalar.
Turkiya hukumati Gulen tashkilotini 2016 yil iyuldagi davlat to‘ntaruviga urinishga aloqadorlikda ayblab keladi. Hozirda AQShda yashaydigan Gulenning o‘zi to‘ntaruvni qoralagan va unga bildirilgan ayblovlarni rad etgan.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026