Sport | 11:20 / 15.07.2018
17347
1 daqiqa o‘qiladi

39 yoshli Pakyao navbatdagi raqibini nokautga uchratib, WBA chempioniga aylandi

Foto: NBC Sports

Filippinlik bokschi Menni Pakyao argentinalik Lukas Matisseni nokautga uchratdi va 66,68 kilogacha vaznda Butunjahon boks assotsiatsiyasining (WBA) muntazam chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. Kuala-Lumpurda bo‘lib o‘tgan jang yettinchi raundda yakunlandi.

Filippinlik bokschi raqibini uchinchi marta nokdaunga uchratganidan so‘ng hakam jangni to‘xtatdi.

39 yoshli Pakyaoning hisobida endilikda 60 g‘alaba bo‘lib, ulardan 39tasiga muddatidan oldin erishgan, 7 marta mag‘lubiyatga uchragan va 2 marta durang qayd etgan. U sakkizta vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan dunyodagi yagona bokschidir. 

35 yoshli Matisse hisobida 39 g‘alaba, 5 mag‘lubiyat va 1 durang bor.

 

Mavzuga oid