Boks böyiça 8 vazn toifasida sobiq jahon çempioni, filippinlik boksçi Menni Pakyao Toni Talks körsatuvida sport faoliyatini yakunlaganini tasdiqladi.
19 sentyabrda Pakyao 2022 yilda ötadigan Filippin prezidenti saylovlarida iştirok etişi ma'lum qilingandi.
Boksçi ringdagi oxirgi jangini 2021 yil 22 avgustda WBA’ning superçempion unvoni uçun kubalik Yordenis Ugasga qarşi ötkazib, mağlubiyatga uçragan.
“Boksçilik faoliyatim yakunlandi, men bu qarorni boks bilan ançadan beri şuğullanişim va oilam menga u bilan yetarliça şuğullanganimni aytayotgani sababli qabul qildim. Men Filippin prezidenti lavozimi uçun kuraş olib borişga çorlovni körqmay qabul qilaman. Bizga taraqqiyot kerak, biz kambağallikni yengişimiz lozim. Bizga hukumatimiz xalqqa halol va oçiq-oydin xizmat qilişi kerak. Mavridi keldi va men öz zimmamga yetakçilik yukini olişga tayyorman”, deb aytgan boksçi.
Ayni vaqtda Pakyao Filippin senati a'zosi hisoblanadi, uning vakolatlari muddati 2022 yilda yakunlanadi.
Hozirda Filippin prezidenti Rodrigo Duterte hisoblanadi. Mamlakat konstitutsiyasiga köra, Duterte ikkinçi muddatga prezident lavozimini egallay olmaydi. Şu sababli u bölğusi saylovlarda vitse-prezident lavozimi uçun kuraşmoqçi.












