Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Murodjon Ahmadaliyev ham g‘alaba qozondi
Bugun, 15 iyul kuni tongda Rio-2016 Olimpiadasi va jahon chempionati sovrindori Murodjon Ahmadaliyev o‘zining navbatdagi jangida argentinalik Luis Fernando Molinaga qarshi ringga chiqdi.
Argentinalik Luis Fernando Molina uning professional ringdagi uchinchi raqibi edi. 6 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi va o‘zbekistonlik sportchi jangni ochkolar hisobiga ko‘ra o‘z foydasiga hal qildi.
Ahmadaliyev bungacha prof ringda ikkita jang o‘tkazib ularning har ikkisida ham muddatidan oldin g‘alaba qozongandi. Molina esa 12ta jang o‘tkazgan, shundan 7tasida g‘alaba qozongan (2tasida nokaut), 4ta jangda mag‘lub bo‘lgan, bir jangda durang qayd etgandi.
Bungacha Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarov amerikalik bokschi Kevin Jonsonga qarshi ringga ko‘tarilib, hakamlar qaroriga ko‘ra g‘olib deb topilgan, O‘zbekistonning yana bir vakili, Rio-2016 Olimpiadasi finalchisi Shahram G‘iyosov esa meksikalik Daniel Echeverriyani birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.
Mavzuga oid
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026