Putin Rossiya nomidan JCh mezbonligi vakolatini Qatarga topshirdi
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Qatarga 2022 yilgi jahon chempionati o‘tkazish vakolatini topshirdi. Qatar amiri Tamim ibn Hamad Ol Toniy ishtirokidagi ramziy marosim Kremlda o‘tkazildi.
Putin amirga JCh-2018 turnirining rasmiy to‘pini topshirgan.
Bugun Moskvdagi «Lujniki» stadionida Fransiya va Xorvatiya terma jamoalari jahon chempionati final uchrashuvini o‘tkazib, turnirni yakunlab berishadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi. O‘yinda Rossiya va Qatar rahbarlaridan tashqari, Fransiya va Xorvatiya rahbarlari ham ishtirok etishadi.
2018 yilgi jahon chempionati 14 iyun kun start olgandi. O‘yinlar Moskvadan tashqari Sankt-Peterburg, Qozon, Nijniy Novgorod, Sochi, Samara, Volgograd, Saransk, Kaliningrad, Yekaterinburg va Rostovda ham o‘tkazildi.
Qatar navbatdagi, hisob bo‘yicha 22-chempionatga mezbonlik qiladi. Turnir 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabrgacha bo‘lgan muddatda o‘tkaziladi.
Qatar mezbonligi 2010 yilning 2 dekabrida ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
22:03 / 15.11.2024
Shols va Putin ikki yil ichida ilk bor telefon orqali muloqot qildi
22:30 / 14.11.2024
Putin Rossiyada YouTube faoliyati sekinlashgani bilan «shug‘ullanish»ga va’da berdi
20:43 / 13.11.2024
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi
22:15 / 12.11.2024