Video: Shahram G‘iyosov raqibini ilk raunddayoq nokautga uchratdi
Bugun, 15 iyul kuni tongda bir yo‘la uch nafar o‘zbekistonlik professional bokschi AQShda navbatdagi janglarini o‘tkazdi.
Dastlab, Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarov amerikalik bokschi Kevin Jonsonga qarshi ringga ko‘tarilib, hakamlar qaroriga ko‘ra g‘olib deb topilgan bo‘lsa, O‘zbekistonning ikkinchi vakili, Rio-2016 Olimpiadasi finalchisi Shahram G‘iyosov nokaut bilan g‘alaba qozondi.
U meksikalik Daniel Echeverriyani birinchi raunddayoq polga qulatdi.
Shu tariqa, Shahram G‘iyosov professional ringdagi uchinchi jangida ham g‘alaba qozondi. U bundan avvalgi ikki jangning bittasida ham nokautli g‘alabaga erishgandi.
Meksikalik raqib esa ancha tajribali bokschi hisoblanardi. U shu vaqtgacha 24ta jang o‘tkazib, ularning 19tasida g‘alaba qozongan (17tasi nokaut), 5ta jangda mag‘lubiyatga uchragandi (2tasi nokaut).
Mavzuga oid
11:03 / 16.11.2024
Boks. Afsonaviy Mayk Tayson bloger Jyeyk Polga mag‘lub bo‘ldi
17:23 / 04.11.2024
O‘zbekiston – World Boxing tashkiloti a’zosiga aylandi
09:34 / 03.11.2024
Bektemir Meliqo‘ziyev og‘ir kechgan jangda ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi
10:17 / 09.10.2024