Sport | 19:10 / 16.07.2018
14501
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu «Yuventus»da tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

Yilning eng shov-shuvli transferi – Krishtianu Ronalduning «Real»dan «Yuventus»ga o‘tishi jarayoni yakuniy bosqichga kirdi. Bugun portugaliyalik futbol yulduzi o‘z shaxsiy samolyotida Turin aeroportiga qo‘ndi.

Hujumchi «keksa senora» bazasida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Tibbiy markaz yaqinida futbolchini «Yuventus»ning yuzlab ishqibozlari kutib oldi. Klub rasmiy Twitter sahifasi voqea joyidan foto va video materiallar joylab bordi.

 

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев

Mavzuga oid