Jahon | 00:00 / 18.07.2018
22869
2 daqiqa o‘qiladi

OAV Skripallarni zaharlagan “6 kishidan iborat guruh” haqida ma'lum qildi  

Britaniyaning Solsberi shahrida rossiyalik sobiq agent Sergey Skripal va uning qizi Yuliyaning zaharlanishini 6 kishidan iborat guruh amalga oshirgan bo‘lishi mumkin. Ta'kidlanishicha, guruhda “muhim pozitsiya”ni ayol kishi egallagan. Bu haqda Daily Mail nashri razvedkadagi manbaga iqtibos keltirgan holda ma'lum qildi.

Britaniya hukumatining ta'kidlashicha, 4 mart kuni Solsberida Sergey Skripal va uning qizi zaharlangan. London Skripallarning A234 moddasi bilan zaharlanishiga Moskva aloqador, deb hisoblamoqda. Moskva esa bu ayblovlarni inkor qilib kelmoqda.

Ma'lum qilinishicha, Skripallarni zaharlash tashkilotchilari guruhi tarkibi haqidagi taxmin Eymsberidagi jabrlanuvchining ukasi Rouli, Charli va bir oy avval vafot etgan  Sterjyes mahalliy bog‘da asab-falajlovchi moddali atir flakonini topib olib, uni o‘zlariga sepishganini aytgandan keyin bildirilgan.

“Atir flakoni versiyasi Sergey va Yuliya Skripalga hujumni sodir etgan 6 kishidan iborat guruhga ayol kishi kirgani haqidagi taxminni mustahkamlaydi”, deb xulosa qilmoqda nashr.

Mavzuga oid