Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Korea Open». O‘zbekistonlik taekvondochilar ketma-ket uchta medalni qo‘lga kiritdi
Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi
Janubiy Koreyaning Jyeju shahrida taekvondo WTF bo‘yicha «Korea Open» reyting musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 55 mamlakatdan 1400 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Bahslarda -49kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Madina Mannopova musobaqa davomida Qozog‘iston (13:10), Janubiy Koreyaning ikki vakilini (10:1, 11:4) hisoblarida mag‘lub etdi. Yarim finalda esa vetnamlik taekvondochiga 8:11 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va bronza medali bilan kifoyalandi.
-48kg vaznli sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan bahsda esa Jahongir Xudoyberdiyev ketma-ket uch nafar mezbon sportchini (31:27, 21:1, 19-17) mag‘lub etdi va finalga yo‘l oldi. Hal qiluvchi bahsda esa u taylandlik kuchli raqibga mag‘lub bo‘lib, kumush medal sohibiga aylandi.
-51kg vazn toifasida musobaqada qatnashgan Ulug‘bek Rashitov dastlabki ikki jangida taylandlik raqiblarni (21:8, 19:15) mag‘lub etdi. So‘ngra mezbon sportchidan 23:1 hisobida ustun keldi. Hal qiluvchi jangda esa u boshqa bir koreyalik sportchini 31:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, oltin medal sohibiga aylandi. Qayd etib o‘tish lozimki, Ulug‘bek Argentinada bo‘lib o‘tadigan III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida ham O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
Musobaqa davom etmoqda. Hali ko‘plab o‘zbekistonlik sportchilar «Korea Open»da sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradilar.
Mavzuga oid
20:56 / 04.12.2025
Janubiy Koreya noqonuniy migrantlarning ixtiyoriy ravishda chiqib ketishi uchun 90 kunlik dastur e’lon qildi
12:24 / 18.11.2025
KXDR: Seul uchun suvosti kemalari mintaqada "yadroviy domino"ni keltirib chiqaradi
12:36 / 14.11.2025
Qamchiq va Darband dovonlarida qatnaydigan tezyurar poyezdlar Janubiy Koreyadan xarid qilinadi
18:21 / 10.11.2025