Sport | 10:50 / 19.07.2018
16629
1 daqiqa o‘qiladi

Shohjahon Ergashev ugandalik raqibga qarshi ringga ko‘tariladi

Foto: Getty Images

Ayni paytda professional boksda faoliyat olib borayotgan Shohjahon Ergashev navbatdagi jangini 19 avgust kuni Moskvada o‘tkazadi. Kecha uning raqibi ma'lum bo‘ldi.

Milliy olimpiya qo‘mitasining ma'lum qilishicha, Ergashevga navbatdagi jangida ugandalik Juma Vasva raqiblik qiladi. Ushbu jangda Shohjahon o‘zining WBA International kamarini himoya qiladi.

Ma'lumot uchun, Shohjahon Ergashev professional ringda bungacha 13ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. Bahslarning 12tasida esa u raqiblarini nokaut evaziga mag‘lub etgan.

Vasva esa bungacha professional boksda 13 ta jang o‘tkazib, ularning 10 tasida g‘alaba qozongan (4ta nokaut). 2ta jangda mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, 1ta to‘qnashuvda durang qayd etgan.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid