Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Putin bilan munosabatlari yaxshi bo‘lishiga umid qilmoqda
AQSh prezidenti Donald Tramp OAV qarshiligiga qaramay Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan munosabatlari yaxshi bo‘lishiga umid bildirdi. U bu haqda o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma'lum qildi.
«Feyk yangilik nashrlari Rossiya bilan jiddiy qarama-qarshilikni, hattoki urushgacha olib keluvchi ziddiyatni ko‘rishni judayam xohlashyapti. Ular aqlsizlarcha va kuch bilan bosim o‘tkazishmoqda va Putin bilan munosabatlarim yaxshi bo‘lishini ko‘ra olishmayapti», — deb yozdi Amerika prezidenti.
Putin va Trampning to‘liq shakldagi ilk uchrashuvi 16 iyul kuni Xelsinkida bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar deyarli to‘rt soat davom etdi.
Amerikaliklarning bir qismi Tramp Putin bilan uchrashuv chog‘ida Rossiya va shaxsan bu davlat rahbarining AQShdagi saylovlarga aralashuvi haqida gapirmagani uchun tanqid qildi. Tramp ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashuviga har ikki tomon aybdorligini bildirgandi.
Muzokaralardan keyinoq Tramp Rossiyaning 2016 yildagi Amerikadagi saylovlarga aralashuvida Putin aybdorligini aytdi.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026