Sport | 12:28 / 20.07.2018
17436
1 daqiqa o‘qiladi

Bahodir Jalolov amerikalik bokschiga qarshi ringga ko‘tariladi

Foto: Instagram/Bahodir Jalolov

22 iyul kuni tongda professional ringda faoliyat olib borayotgan bokschimiz Bahodir Jalolov AQShda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. 

Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, ushbu jangda superog‘ir vaznli bokschimizga amerikalik Kurtis Xid raqiblik qiladi.

Ma'lumot uchun, Xid bungacha professional boksda oltita jang o‘tkazgan va ularning to‘rttasida g‘alaba qozongan (3tasi nokaut bilan). Ikkita jangda esa mag‘lubiyatga uchragan. Bahodir esa professional ringdagi debyutini may oyida nishonlagan va o‘shanda meksikalik Ugo Truxiloni texnik nokaut evaziga mag‘lub etgandi.

- Jangga tayyorgarlik yuqori saviyada tashkil etildi. Ishonch bilan ayta olamanki, bahsga tayyorman. Ringga faqat bitta maqsad bilan chiqaman – g‘alaba qozonish! O‘zbekiston bayrog‘ini yuqori ko‘tarib, yurtdoshlarimizni xursand qilmoqchiman, – dedi Jalolov.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid