Jahon | 22:24 / 20.07.2018
5500
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston prezidenti tadbirkorlarni tekshirishni kamaytirishga chaqirdi 

Foto: 24.kg

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov tadbirkorlarni tekshirishni kamaytirishga chaqirgan. U bu haqda Bishkek erkin iqtisodiy hududiga tashrif buyurganda aytib o‘tgan.
     
Ma'lum qilinishicha, Jeenbekov monolit bimetall radiatorlar ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi borishi bilan tanishgan. Zavod sentabrda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

“Agar biz davlatni rivojlantirish, ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlari va soliq tushumlarini ko‘paytirishni istasak, biznes va ishlab chiqarish uchun sharoitlar yaratishimiz kerak. Bu bizning, jumladan mening burchim. Biz investitsiyalarni himoya qilishimiz va sarmoyachilar uchun qulay sharoitlar yaratishimiz darkor. Biznes va ishlab chiqarishni rivojlantirishda asosiy muammo – soliq va fiksal idoralar tomonidan ortiqcha tekshiruvlar o‘tkazilishi hisoblanadi. Soliq idoralari tekshiruvlarni kamaytirishi lozim. Biznesga ishlash va rivojlanishga imkon bering. Endi o‘z ishini va nimadir ishlab chiqarishni boshlagan tadbirkorlarni tekshiruvlardan ozod eting”, deb tavsiya bergan Jeenbekov.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid