Jahon | 07:43 / 20.07.2018
63290
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Putinning ashaddiy dushmaniga aylanishga va'da berdi 

Foto: Brendan Smialowski/ AFP/Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp agar Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanmasa, unda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ashaddiy dushmaniga aylanishga va'da berdi. U bu haqda CNBC telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilgan.  

“Barak Obama Moskva uchun mutlaq balogardon bo‘lgan. Men esa uzoq yillar davomidagi boshqa istalgan prezidentdan ko‘ra Rossiyaga nisbatan qattiqqo‘lroqman. Ehtimol, har qachongidan qattiqqo‘lroqman. Putin bilan, Rossiya bilan chiqishish ijobiy hol bo‘ladi. Agar bu ish bermasa, unda Putin uchun ashaddiy dushmanga aylanaman”, deb aytgan Tramp.  

19 iyulda Tramp o‘zining yordamchisi Jon Boltondan Putinni Vashingtonga taklif qilishini so‘ragan. Undan avval Tramp Putin bilan yangi uchrashuv kutib qolishini aytgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid