Sport | 00:01 / 20.07.2018
16917
1 daqiqa o‘qiladi
«Yuventus» abonementlari bir kunda sotilib ketdi
«Yuventus» klubi yangi mavsum uchun chiqarilgan abonementlarning barchasini sotishga muvaffaq bo‘ldi.
Tadbirning dastlabki bosqichi 4-18 iyul kunlari o‘tkazildi. Unda avvalgi mavsum abonementi sohiblari ishtirok etdi. Ular 95% abonementlarni qo‘lga kiritishdi. Bugun o‘tkazilgan savdolarda esa qolgan abonementlar ham o‘z egasini topdi. Qizig‘i shundaki, ularning narxi o‘tgan yilga nisbatan 30% qimmatlagani savdolarga salbiy ta'sir qilmadi.
CalcioNews24 xabariga ko‘ra, «Yuventus» 29 300 dona mavsumiy abonement savdosidan 30 million yevro ishlab oldi.
Mavzuga oid
14:28 / 28.10.2024
«Arsenal» jarohatlar girdobida, Italiya derbisida yangi yulduz porladi. Kun o‘yinlari
17:00 / 19.10.2024
«Liverpul», «Barsa» va «Yuve» uchun jiddiy sinov. Dam olish kunlarida tavsiya etiladigan 4 uchrashuv
21:26 / 17.05.2024
«Yuventus» Allegrini iste’foga chiqardi
23:01 / 28.07.2023