Jahon | 07:34 / 21.07.2018
4926
1 daqiqa o‘qiladi

Argentinada “Katta yigirmatalik” davlatlari vakillari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

Foto: Bloomberg

Argentinada 21-22 iyul kunlari “Katta yigirmatalik” davlatlarining moliya vazirlari va markaziy banklari rahbarlari, jahon moliya yetakchilari an'anaviy sammitda uchrashadilar. Ular global iqtisodiyotning eng muhim va zudlik bilan hal qilinishi kerak bo‘lgan mavzularini muhokama qilishadi. 

Uchrashuv tashkilotchilari bayonotida ma'lum qilinishicha, sammitda hammasi bo‘lib 23 nafar moliya vaziri, markaziy banklarning 14 prezidenti va xalqaro tashkilotlarning 10 nafar rahbari ishtiroki kutilmoqda. Ular orasida Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Kristina Lagard va Jahon banki prezidenti Jim Yon Kim bor.  

Uchrashuv ishtirokchilari yanada rivojlanish uchun mehnat bozori va infratuzilma kelajagi masalalarini muhokama qilishadi. Shuningdek, jahon iqtisodiyoti va global soliq tizimi xavflari masalalari ko‘tariladi.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid