Jahongir Ortiqxo‘jayev: “25 yil uxlab qolgan mamlakatni uyg‘otaylik”
Bugun, 21 iyul kuni Toshkent shahar hokimligida poytaxt hokimi va tadbirkorlar, xorijiy investorlar ishtirokida “Toshkent shahrini rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish”ga bag‘ishlangan “ochiq eshiklar” kuni o‘tkazilmoqda.
Tadbirni shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ochib berdi.
“Safimizga borgan sari yangi tadbirkorlar va investorlar qo‘shilmoqda. Maqsadimiz bitta - shaharni rivojlantirish va aholi farovonligini ta'minlash. Ancha yillar, deyarli, 25 yil davomida uxlab qolgan mamlakatni uyg‘otish. Ya'ni, Toshkent shahrida qurilish va tijoratni rivojlantirish. Mamlakat iqtisodiyotini har tomonlama ko‘tarish.
Hokimlik jamoasi hammaga yordam beradi. Hech qanday korrupsiyasiz. Faqat bir iltimos - loyihangizni vijdonan bajaring. Mavjud binolarni buzilishga tushirib, qurishni rejalashtirmang. Bizning bir shiorimiz bor - sizlar bilan ishlash jarayonida ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash”, - dedi J.Ortiqxo‘jayev.
Tadbirda 100dan ortiq tadbirkor va investorlar qatnashmoqda. Toshkent shahar hokimi har bir tadbirkor va investor bilan shaxsan suhbatlashmoqda. Ularning loyihalari bilan tanishmoqda.
Mavzuga oid
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024