Suriya Janubiy Osetiya bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi
Suriya tashqi ishlar vaziri Valid Muallim va qisman tan olingan Janubiy Osetiya respublikasi tashqi ishlar vaziri Dmitriy Medov ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilgani haqidagi kelishuvni imzoladi. Bu haqda Suriyaning SANA axborot agentligi xabar bermoqda.
Ikki mamlakat vazirlari o‘rtasidagi muloqot Janubiy Osetiya delegatsiyasining Suriyaga tashrifi chog‘ida bo‘lib o‘tgan.
Xabarda ta'kidlanishicha, uchrashuv paytida vazirlar bir qator sohalardagi ikki tomonlama aloqalar haqida muzokaralar olib borgan va bir qator sohalarda ikki tomonlama manfaatli shartnomalar imzolangan.
Avvalroq, Gruziyaning Suriya bilan diplomatik aloqalarni uzgani haqida xabar berilgan edi. Gruzinlarning bunday qarorga kelishiga Suriya tomonidan Abxaziya va Janubiy Osetiya respublikalarining tan olinishi sabab bo‘lgandi.
Mavzuga oid
14:00 / 16.11.2024
Gurjistonsiz 30 yil: Abxaziya va Janubiy Osetiya qanday yashamoqda?
16:50 / 30.10.2023
Tan olingan va olinmagan davlatlar: ular nimasi bilan farqlanadi?
11:19 / 08.08.2023
Gurjiston urushiga 15 yil: hukumat tinchlik va’da qilmoqda, lekin o‘zi ham urush bilan qo‘rqitmoqda
08:43 / 31.05.2022