Tan olinmagan davlatlar

Neçoğlik ğalati bölmasin, davlatlarni tan olişning umum qabul qilingan yagona mezoni yöq. Xalqaro huquq va diplomatiya nazariyasida bu borada ikkita asosiy konsepsiya bor: deklarativ va konstitutiv. Birinçisiga köra, siyosiy tuzilma özini davlat deb e’lon qilgan bölsa — demak u çindan ham şunday. Ikkinçisiga köra, şunçaki deklaratsiya yetarli emas, boşqa davlatlarning tan olişi ham zarur.

Zamonaviy xalqaro siyosat konstitutiv nazariga asoslanadi, biroq bu BMTning biror hujjatlarida aks etmagan, ayrim mintaqaviy kelişuvlar, masalan, 1933 yili Şimoliy va Janubiy Amerika davlatlari tomonidan imzolangan Montevideo konvensiyasi hisobga olinmasa.

Ayni paytda jahonda 206 ta suveren davlat bor, ulardan 193 tasi BMTga a’zo. Ularning örtasidagi munosabatlar 1648 yilgi Vestfal sulh şartnomasi prinsiplari böyiça quriladi: davlatlar bir-birining suverenitetini hurmat qilişi, bir-birining içki işlariga aralaşmasligi, şuningdek davlatlardan birida hokimiyat özgargan taqdirda ham davlatlararo şartnomalarga amal qilişi kerak. 

Tan oliş — bu munosabatlar tizimining muhim unsuri. Bu formal jihatdan bir davlatning boşqa bir siyosiy tuzilmani öziga teng davlat, u bilan diplomatik aloqalar quriş, şartnomalar imzolaş mumkin deb tan olişga formal rozilikdir.

Oddiy misol: Niderlandiya 1572 yilda Ispaniyadan mustaqillik e’lon qiladi, biroq Vestfal sulh bitimiga qadar bir guruh qözğolonçilar Ispaniya tojiga tegişli yerlarda hokimiyat örnatib olgan, deb hisoblanardi. Sulh şartnomasi tuzilgaç, Niderlaniya teng huquqli davlatga aylangan.

York universiteti professori Nina Kaspersen tan olinmagan siyosiy tuzilmani aniqlaş mumkin bölgan bir neça mezonlarni ajratib körsatgan. 

Birinçdan, u kamida ikki yil yaşagan bölişi, özi da’vo qilayotgan hududning 2/3 qismini, jumladan, boş şahar va asosiy hududlarni egallagan bölişi kerak.

Ikkinçidan, bu davlat rahbariyati galdagi davlat institutlarini şakllantirişga intilayotgan, unga legitimlikni qöllab-quvvatlaş muhim bölişi kerak.