Gurjiston uruşiga 15 yil: hukumat tinçlik va’da qilmoqda, lekin özi ham uruş bilan qörqitmoqda
|16:19 / 08.08.202325 18018 min
2008 yil avgust oyida dunyo Rossiya iştirokidagi yana bir uruşni körgandi. Gurjistonga qarşi uruş Ukrainaga qarşi bölgani kabi uzoq davom etmagan, ammo unda ham köp qon tökilgandi. Mojaroni Yevropa Ittifoqi vositaçiligida tezda töxtatişga erişiladi, lekin Rossiya Gurjistondan ajralib çiqqan hududlarda nafaqat öz askarlarini qoldirdi, balki bu yerlarda harbiy ta’sirini yanada oşirdi.
Foto: BBC RussianFoto: BBC Russian
Bugun Rossiya yana bir uruş boşlab, Ukrainaga bostirib kirgan bir vaqtda Gurjiston hukumati Ğarbdagi ittifoqçilarini 2008 yilgi uruş uçun Kreml jazosiz qolganida ayblaş bilan birga özi Moskvaga yaqinlaşmoqda. BBC naşrining Tbilisidagi muxbiri Nina Axmeteli uruşning 15 yilligiga bağişlangan reportaj tayyorladi.
Çegara yaqinidagi muzey
«Bu muzey uruş nima ekanini bilişni istaganlar uçun. Uruşning millati yöq, çunki u har ikki tomon uçun ham oğriqli. Tinçlik örnini heç narsa bosa olmaydi. Şu sabab dunyo Rossiyaning haqiqiy yuzini körib qöyişi kerak. Ukrainada hammasi xuddi öşandagiday takrorlanmoqda», deydi Liya Çlaçidze.
U 6 yil avval Gurjistondan ajralib çiqqan Janubiy Osetiyaning tan olinmagan çegarasidan 200 metr masofada, Ergneti qişloğidagi uyining yertölasida «Avgust uruşi muzeyi»ni oçgandi. Muzeyda uruşdan olingan köplab suratlar, kitoblardan taşqari uning qişloqdoşlari jang maydonidan olib kelgan kassetali snaryad qoldiqlari ham bor.
Oçiq turgan kitoblardan birida askarça etikning izi körinadi. «Bu kitoblar qöşni uy hovlisidan topilgan. Bu ular özidan nima qoldirişining nişonasi. Ular atrofdagi hamma narsani yakson qilişadi», deydi Liya.
Liya Çlaçidze 2017 yilda, uruşga töqqiz yil bölganida Avgust uruşi muzeyini oçgan
Uruş boşlanganda 8 avgust kuni Liya va uning yaqinlari, xususan, 12 yoşli nabirasi yertölada yaşiringan. 9 avgust kuni otişma biroz tinçigan vaqtda Liya qöşni qişloqqa qoçişga ulguradi. Öşanda qişloqda askarlar ularga tegmasligiga umid qilgan yoki ketiş imkoni bölmagan qariyalar qolgandi. Qişloq avvaliga otişma ostida qoladi, keyin esa u yerga rus va osetiyalik harbiylar kiradi.
«160 ta uy yoqib yuborilib, 12 kişi öldiriladi. Ular orasida 90 yoşli çol ham bor edi. U örnidan tura olmagan va uyi bilan birga yonib ketgan (BBC ixtiyorida buni isbotlovçi fakt bor – tahr). Mening uyimga «Molotov kokteyli» otişdi. Uy bilan birga hovlidagi olma, uzum daraxti ham yongan. Mevalar yonganini köriş uy yonganini körişdan ham oğirroq edi», deydi Liya.
Ergneti qişloği atrofdagi boşqa qişloqlar kabi tan olinmagan Janubiy Osetiya çegarasi yaqinidagi «bufer zonasi»ga kirgan. Rossiya öz harbiylari u yerdan 2008 yilda ketganini aytadi. Ammo xalqaro jamoatçilik bosimiga qaramay, Rossiya kelişuvda belgilanganidek uruşdan oldingi pozitsiyagaça çekinmadi. 2008 yilgi uruşdan keyin Gurjistonning Tbilisi nazorat qilmaydigan hududlari yanada kengaydi. Yuzlab qişloqlar Osetiya nazoratiga ötadi. Xususan, Axalgorsk tumani ham.
Mavzuga oid
Uruşdan keyin Gurjistondan ajralib çiqqanini iddao qilgan Abxaziya va Janubiy Osetiya mustaqilligini tan olgan Rossiya bu ikki hududda öz harbiy ta’sirini oşiradi. 2009 yilda Janubiy Osetiya va Abxaziya örtasida çegarani qöriqlaşda birgalikda harakat qiliş borasida kelişuv imzolanadi. Öşa kelişuv Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining ikki hudud çegarasini qöriqlaşdagi faoliyatini legallaştiradi.
«Qörquv hududi»
Human Righs Watch ma’lumotiga köra, Ergneti – zarbalar va talonçilikdan eng jiddiy jabrlangan qişloqlardan biri. Foto: AFP
Tan olinmagan çegara yaqinidagi Ergneti qişloğini mahalliy naşrlar «Qörquv hududi» deb ataşadi. Bu qişloq aholisi çegaraning narigi tomoniga qoçib ketgan çorvasini haydab kelgani yoki yaqinlari dafn etilgan qabristonga borgani uçun çegarani noqonuniy buzib ötişda ayblanib qölga olinişi heç gap emas. Tan olinmagan çegaraning narigi tomonini osetinlar bilan birga rossiyalik çegaraçilar ham qöriqlaydi.
2008 yil avgustdagi uruşdan keyin ular çegarada bannerlar, ustunlar, tikanli simlar örnata boşlaşdi. Hududning Rossiya tomonidan tayinlangan rahbarlari buni «çegarani tartibga keltiriş» deb, Tbilisi esa Gurjistonning qolgan qismini Rossiya egallab olgan qismlardan ajratuvçi «noqonuniy çegaralaş» deb ataydi.
Bu çegara tösiqlari Tbilisi nazoratidagi qişloqlar aholisini qişloq xöjaligi yerlaridan, yaylovlardan, qabristonlardan tösib qöygan. Ba’zan esa tösiqlar hovlilar örtasidan ötadi. «Uyimiz orqasida 70 sotix boğ bor edi, olib qöyişdi. Hozir hammasi örab olingan, tikanli simlar bor. Hovli töridagi hojatxonani ham köçirişga majbur böldik, çunki u yerga borişga qörqamiz», deydi 82 yoşli Nora Batonisaşvili.
Bu kampir Tbilisidan 2 soatlik masofada joylaşgan Xurvaleti qişloğida yaşaydi. Tbilisi nazoratidagi bu qişloqdan Rossiya çegaraçilarining minorasi körinib turibdi.
Nora Batonisaşvili
Nora xolaning öğli Givining eslaşiça, uyining orqasida portlaş ovozini eşitganda soqol olayotgan bölgan. Uyidan çiqqaç esa mevali daraxtlarni kesayotgan bir neçta yuniformadagi odamlarni körgan. «Ular 4-5 kişi edi. «Nima qilyapsizlar?» deb söradim. Bittasi «Kel buyoqqa, nima qilayotganimizni körsatamiz», dedi. Keyin ular qurollangan ekanini bildim. Öz boğimdan qurol bilan quvib çiqarişdi. 6-7 yildan beri u yerga bora olmayman», deydi Givi.
Qişloqning tikanli sim bilan ajratilgan narigi tomonida afsonaga aylangan Data Vanişvilining ham uyi qolgandi. Qariya Tbilisi nazoratidagi hududlarda qolgan yaqinlaridan uzilib qolganiga qaramay, uyini tark etmaydi. 10 yil davomida ğarblik diplomatlar, yuqori martabali mehmonlar tikanli simtör orqali u bilan gaplaşib turişdi. Şu tariqa, qariya haqiqiy afsonaga aylandi.
Çol ikki yil avval vafot etdi. Ölimi oldidan uyini olib qöymasliklari uçun xotiniga uydan çiqmaslikni tayinlaydi. Dafn etilgan kuni qariyaning uyidagi tikanli simlar usti qizil va oq çinnigullar bilan bezaladi. Valya Vanişvili hozirgaça erining vasiyatini bajarib uyida yaşab kelmoqda.
Data Vanişvili simtörlarning narigi tomonida qolgan uyini tark etişni istamagan. Foto: AFP
«Qörqitiş siyosati»
2012 yil hokimiyat tepasiga kelgan «Gurjiston orzusi» partiyasi ilk kunlardan Rossiya bilan savdo va iqtisodiy aloqalarni yaxşiladi. Ammo bu Gurjistondan ajralib çiqqan hududlar masalasida oldinga siljişda yordam bermadi. Şuningdek, Rossiya tomonidan qandaydir çekiniş alomatlari sezilmadi.
Gurjiston xavfsizlik xizmatining ötgan yilgi hisobotida Rossiyaning Abxaziya va Janubiy Osetiyadagi Tsxivalsk tumanini okkupatsiya qilgani mamlakat xavfsizligi uçun asosiy xavf ekani yozilgan. Bu hududlardagi Rossiya harbiy bazalarida hamon maşğulotlar, rotatsiya işlari davom etmoqda. Vaholanki, rasmiy hujjatlarga köra bu hududlardagi harbiylar va harbiy texnikalarning bir qismi Ukrainadagi uruşga olib ketilgan.
Tbilisi ta’biriça «noqonuniy tösiqlaş» işlari ötgan yilda ham davom etgan. Masalan, Janubiy Osetiya yönalişida simtör tortiş, ariq qaziş, banner örnatiş yoki mavjud tösiqlarni yangilaşga doir 69 ta holat, Abxaziya yönalişida esa 9 ta holat aniqlangan. Gurjiston xavfsizlik xizmati hisobotida aytilişiça, tan olinmagan çegara yaqinida Gurjiston fuqarolarini noqonuniy qölga oliş holatlari davom etmoqda.
Xavfsizlik xizmati hisobotiga köra, Ukrainada uruş boşlanişi fonida çegaraning Tbilisi nazorat qilmaydigan qismida Gurjiston ularga qarşi qurol qöllaşi mumkinligi haqida yolğon ma’lumot tarqaladi. Bu dezinformatsiyadan odamlarni qörqitişda foydalanişgan. Qörquv esa Rossiya olib borayotgan okkupatsiya siyosati uçun ayni muddao.
Gurjiston xavfsizlik xizmati ma’lumotiga köra, Abxaziya va Tsxinvali regioni [Janubiy Osetiya] bosib olinişi xavfi ötgan yil mamlakat uçun xavfsizlik nuqtayi nazaridan asosiy çaqiriqqa aylangandi. Foto: AFP
Rasmiy Tbilisi bir neça marta tinçlik siyosati olib borişi, boy berilgan hududlarni harbiy yöl bilan qaytib olmoqçi emasligini ta’kidlagan. Ammo tahlilçilarga köra, hukumatda aholini uruş vahimasi bilan qörquvda uşlab turiş siyosati ketmoqda.
«Gurjiston tomonda ham, Osetiya yoki Abxaziya tomonda ham jamoatçilik uruşdan qörqadi. Çunki bizda bu borada yomon tajriba bor, ruhiy jarohatlar qolgan. Afsuski, hukumat bu qörquvdan öz siyosiy va partiyaviy maqsadlarini amalga oşiriş yölida foydalanmoqda», deydi harbiy mojarolarni örganuvçi Medeya Turaşvili.
Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin «Gurjiston orzusi» hukmron partiyasi vakillari köp marta Gurjistonni ham mojaroga aralaştirmoqçi ekanliklari, bu yerda «ikkinçi front» oçiş reja qilinayotgani haqida gapirişdi. Ular bu borada siyosiy raqiblari, Ukraina hukumati va Ğarb siyosatçilarini ayblaşdi. Gurjiston hukumati bunday vaqtda mamlakatdagi tinçlikni kafolatlaşi va «strategik toqat» siyosatiga sobit ekanini köp marta ta’kidladi.
Tsxinvalidagilarning ogohlantirişiça, Janubiy Osetiya va Abxaziyaga yoki bu hududlarda joylaştirilgan Rossiya harbiy bazalariga hujum Rossiyaga hujum ölaroq baholanadi
Prigojinning amalga oşmagan isyonidan keyin iyul oyida hukmron partiya raisi Irakliy Kobaxidze gurji muxolifati «Vagner» isyoni amalga oşişiga umid qilgani, bu tölqindan foydalanib esa «nafaqat Abxaziya va Tsxinvaliga tank bilan bostirib kirişga, balki Soçini oliş»ga tayyor bölganini iddao qildi. Bunga javoban Suxumi (Abxaziya markazi) Rossiya bilan birgalikda harbiy maşğulotlar olib borilayotgani, har qanday voqealar rivojiga tayyor ekanini ma’lum qildi. Tsxinvali (Janubiy Osetiya markazi) Gurjiston hukumati muxolifat va taşqi kuçlarning jiddiy bosimi ostida qolgani, ammo «öz joniga qasd qilişga teng bölgan» harakatlarni qilmaslikka özida kuç topa olayotgani haqida bayonot berdi.
Şunga öxşaş bayonotlar avvalroq Moskva tomonidan ham qilindi. Masalan, Rossiya taşqi razvedka xizmati direktori Sergey Narişkin Ğarb hozir Abxaziya va Janubiy Osetiyani qaytib oliş uçun qulay vaqt ekaniga Tbilisini işontirişga uringanini iddao qildi. Turaşvilining fikriça, Gurjiston hukumatining qörqituv siyosati içki auditoriya uçun möljallangan, lekin bunday harakatlar Gurjistondan ajralib çiqqan hududdagi gurjilar uçun yomon ta’sir qiladi.
«Bunday bayonotlardan maqsad muxolifat va özgaça fikrlaydigan barçani demonizatsiya qiliş. Ular ikkinçi front oçişda muxolifatni, yevroparlamentni va boşqalarni aybdor deb körsatişdi. Bir söz bilan aytganda, Gurjiston hukumati olib borayotgan içki siyosat taşqi siyosatga ham, xavfsizlikka ham salbiy ta’sir qiladi. Hukumat uçun mamlakatning strategik va milliy manfaatlari ikkinçi darajali, ular uçun eng muhimi partiyaviy masalalar bölib qoldi», degan Turaşvili.
Rossiyaga – sukunat, Ğarbga – tanbeh
Yevropalik kuzatuvçilar mandat Gurjistonning butun hududiga amal qilgan, ammo simtörlar bilan ajratib olingan hududlar rasmiylari ularga rad javobi berişgan. Foto: AFP
Ğarblik va gurjistonlik tahlilçilar Rossiyaning 2008 yil Gurjistondagi agressiyasi va Ukrainaga bosqinini taqqoslayotgan bir vaqtda mamlakat hukmron partiyasi 15 yil oldingi uruşda öşa vaqtdagi prezident Mixail Saakaşvilini ayblaşadi. Ularning fikriça, hozir mamlakat qamoqxonasida jazo ötayotgan sobiq prezident olib borgan beparvo siyosat sabab uruşdan qoçişning imkoni qolmagan.
Hozirgi Gurjiston hukumatida Moskvaga qarşi keskin bayonotlar berişdan qoçib, köproq Ğarbni ayblaşadi. Ayniqsa 2008 yildagi Rossiya qilgan işlarga reaksiyasi uçun.
«Bu uruş biz uçun halokatli böldi va oqibatda 20 foiz yerimizni Rossiya bosib oldi. Dunyo öşa agressiyaga yetarliça e’tibor qaratmadi, Rossiyaga qarşi heç qanday sanksiya qöllanmadi», degandi Gurjiston boş vaziri Irakliy Garibaşvili Bratislavadagi global xavfsizlik forumida.
Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin öz navbatida Gurjiston ham Rossiyaga qarşi sanksiya kiritmadi. May oyida Rossiya Gurjistonga töğridan töğri aviaparvozlarni tikladi. Bu Ğarbdagi ittifoqçilari, xususan, Yevropa Ittifoqi tomonidan qoralangan bölsa-da, Gurjiston hukumati qatnovlar tiklanganini olqişladi.
Öz vaqtida Gurjiston fuqarolik tengligi va yaraşuv böyiça vazir bölgan, hozirda konfliktologiya sohasida şuğullanayotgan Paata Zakareişvili Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi qaysidir ma’noda 15 yil oldin boşlangan avgust uruşining davomi bölganini ta’kidlaydi. Uning fikriça, Qrim anneksiyasi aynan Gruziya uruşining oqibati bölgan. Ğarb esa Qrim anneksiya qilinganidan keyin ham aytarli çora körmagan.
«Rossiya öşandayoq dunyo ortiq bunaqasi takrorlanmasligi kerakligini tuşunib yetgan 2022 yilga kirib borgandi. Lekin bunga Ğarbni ayblay olmayman, çunki uruş juda tez tugadi. Ular Rossiyaga bosim qilişmadi, çunki u tezda ortga tisarildi. Ukrainada esa hali qon tökilmay [Rossiyaga] sanksiya e’lon qilişdi. Vaholanki öşanda ukrainaliklarning özi ham bunaqa keskinlik talab qilmagan, juda ehtiyotkor harakat qilişgandi», deydi Zakareişvili.
Uning fikriça, 2008 yil aynan Yevropa Ittifoqi uruşni töxtatib, Rossiya qöşinlarini olib çiqişi talabi qöyilgan öt oçişni töxtatiş rejimi böyiça kelişuvga erişişi mumkin bölgan. Yevropa Ittifoqi Gurjistonni örganiş uçun missiya yuborişiga aynan rus qöşinlari Gurjistondan ajralgan hududlarda qolgani sabab bölgandi. Butun Gurjiston böylab yevropalik kuzatuvçilar tarqalişgan, ammo ajralib çiqqan hududlarga ularni kiritişmagan.
Yana Rossiyagami?
Arkadiy Kasradze ötgan yil aprelida halok bölgan. U 2022 yil fevralidan buyon Ukrainada Rossiya tajovuziga qarşi kuraş çoğida halok bölgan 40 dan ortiq gurji jangçilardan biri.
Ğarbning Ukraina uruşida Rossiyaga nisbatan qilayotgan reaksiyasi Gurjiston hukmron partiyasi Ğarbni tanqid qiladigan yagona masala emas. Ular ötgan yil Gurjistonga Yevropa Ittifoqiga kirişga nomzod statusi berilmaganidan ham norozi bölişadi. Öşanda Kobaxidze Gurjiston ham xuddi Ukraina kabi uruş holatiga tuşsa, unga ham nomzod statusi berilgan bölişini aytgandi.
Aftidan, Gurjiston hukumatining Kiyev va Ğarbga nisbatan tanqidlari javobsiz qolmaydi.
Ergnetidagi trassada Gurjiston va Ukraina bayroqlarini köriş noodatiy holat emas. U yerda «Qahramonlarga şaraflar» deb yozilgan harbiy suratini ham köriş mumkin. Bu aprel oyida Ukrainadagi uruşda halok bölgan Arkadiy Kasradzening surati. U kabi 40 dan ortiq gruzin yigitlari Rossiyaning Ukrainaga bosqiniga qarşi uruşib halok böldi.
Qöşni köçada esa ikki örta yoşdagi ayollar bolasini kötarib turibdi. Ularning ikkisi ham öz ismini aytişni istamaydi. Ulardan birining aytişiça, Gurjiston yigitlari Ukrainaga borib uruşişi töğri emas. «2008 yilda ukrainlar kelib uruşganmidi? Biznikilar esa borib uruşişyapti», deydi u.
«Qarang, bizga Rossiyaning quli bölganmiz deyişganda. Endi-çi, hamma yerda inglizça yozib taşlangan vaqtda [kimning qulimiz]? Ha, Rossiya bizdan yerimizni olib qöydi. Endi hamma yerga inglizça yozib tilimizni tortib olişadimi? Biz şunçaki hududiy jihatdan yaqin emasmiz. Bölmasa Amerika ham bizning yerlarimizni jon deb olib qöygan bölardi», deydi yana bir ayol.
Qöşni Brotsleti qişloğida yaşovçi Ivane Xmiadaşvili esa Ukrainaga hamdard ekanini aytadi, ammo sobiq ittifoq vaqtidagi Rossiya bilan aloqalar yaxşi bölgan davrlarni qömsaşini tan oladi.
«U davrda daromadimiz zör edi. Rossiyaga 20-40 quti olma sotardik-da, avtomobil olardik. Biz Rossiya bilan yaxşi munosabatda bölişimiz kerak, axir ular ham nasroniy. Albatta, Yevropa Ittifoqi yaxşi, agar biz unga kirsak. Tanlaş imkoniyati bölsa? Bilasizmi, yoşlar Yevropani xohlaydi. Men esa 67 yoşdaman, biz Moskvaga çoy içgani borib kelgan avloddanmiz», deydi qariya 2008 yildagi otişma izlari ketmagan uyi oldida turar ekan.
Ivane Xmiadaşvili sovetlar ittifoqi va Gurjiston Rossiya bilan yaqin aloqalarda bölgan davrlarga nostalgiya bilan qaraydi
Siyosatşunoslar fikriça, Rossiya Gurjistondagi ziddiyat ijobiy tomonga hal bölişida qandaydir rol öynaşiga işonib bölmaydi. Turaşvili ham oxirgi 30 yilda bunday misollar bölmagani, bu Gurjistonning Ğarbdagi ittifoqçilari, xususan, Yevropa Ittifoqidan olgan yordamiga öxşamasligini aytgan.
«Masalan, 2008 yilda Rossiya bizni öqqa tutdi, odamlarni öğirladi, hududlarimizga simtörlar tortdi. Ğarbdagi ittifoqçilarimiz va Yevropa Ittifoqi esa bizga ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan yordam berdi. Xususan, konfliktdan jabr körgan aholi reabilitatsiyasi uçun pul ajratişdi, mudofaani kuçaytirişda, xalqaro muzokaralarda yordam körsatişdi», deydi ekspert.
Uning fikriça, Yevropadagi qadriyatlar inson huquqlariga, tenglikka, mojarolarni demokratik yöl bilan hal qilişga qaratilgan. Gurjiston hukumati barçasini tinç yöl bilan hal qiliş uçun Yevropa bilan integratsiyalaşuv mos yöl ekanini körsatişi mumkin, lekin ular har kuni telekanallarda Ğarb va Ukraina uruşni xohlayotgani haqida aytilgan gaplarni körsatişadi.
«Bundan taşqari, qandaydir rusça guruhlar paydo bölgan. Ular turli muhokamalar ötkazişadi. Bu esa odamlarga yomon ta’sir qiladi. Çunki tan olinmagan çegara yaqinida yaşayotgan odamlar uçun uruş tugamagan. Ular har kuni harbiy maşğulot, portlaş ovozini, kimdir olib qoçilgani haqida xabar eşitadi. Bu odamlar hamon uruş bilan yaşamoqda», deydi Turaşvili.
Ijtimoiy sörovlardan ma’lum böladiki, Gurjiston aholisining aksar qismi mamlakat kelajagi Yevropa Ittifoqi bilan boğlanişini qöllaydi. Ammo aholining kattagina qismi fitnakor nutqlarga ham işonib qoladi. Raqamlarga qaraladigan bölsa, aholining 80 foizi Gurjistonning Yevropa Ittifoqiga qöşilişini qöllaydi. Ammo 31 foiz gurjilar Ukrainadagi uruşni Ğarb provokatsiya qilganiga, 29 foizi esa Ğarb uruşga Gurjistonni ham qöşmoqçi degan gapga işonadi.