17 iyulga belgilangan, tan olinmagan Janubiy Osetiya respublikasining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirişi böyiça referendum «referendumga qöyilgan masalaning huquqiy oqibatlari noaniqligini inobatga olgan holda» qoldirildi. Bu haqda özini mustaqil deb e’lon qilgan Janubiy Osetiya rahbari Alan Gagloyevning 30 may, duşanba kuni e’lon qilingan farmonida aytilgan.
24 may kuni inauguratsiyadan söng lavozimga kirişgan Gagloyev öz farmoni bilan avvalgi prezident Anatoliy Bibilovning 13 maydagi referendum ötkaziş haqidagi farmonini bekor qildi. Gagloyevning farmonida, şuningdek, Janubiy Osetiya va Rossiya Federatsiyasining integratsiyasi bilan boğliq «barça masalalar böyiça Rossiya tomoni bilan maslahatlaşuvlar ötkaziş» zarurligi aytilgan.
Avvalroq, 24 may kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva Janubiy Osetiya referendumini taşkil etiş böyiça heç qanday çora körmayotganini ma’lum qilgandi. Referendum ötkaziş taşabbusi qonuniy yöl bilan yakunlanişi kerak, şu jumladan, «qonun-qoidalarni öylab köriş» kerak, dedi Peskov.
2008 yil 26 avgustda Gruziyadagi «beş kunlik uruş»dan köp ötmay, Rossiyaning öşa paytdagi prezidenti Dmitriy Medvedev Rossiya Federatsiyasi tomonidan Janubiy Osetiya va Abxaziya mustaqilligini tan oliş töğrisidagi farmonni imzoladi. Öşandan beri Janubiy Osetiya rahbariyati Rossiyaga qöşiliş böyiça referendum ötkaziş rejasini bir neça bor e’lon qilgan. Janubiy Osetiyaning Gruziyadan mustaqilligini Rossiyadan taşqari dunyoning bir neça davlatigina tan olgan.








