Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya telefonlar tufayli Rossiyaga protest bildirdi
Foto: Pixabay
Yaponiya yapon hukumati vakillari Janubiy Kuril orollariga tashrif buyurgan vaqtda, sun'iy yo‘ldosh telefonlari musodara etilgani tufayli Rossiyaga protest bildirdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
Bu haqda Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yesixide Suga Tokioda ma'lum qilgan.
Uning ta'kidlashicha, 22 iyul kuni protest Yaponiya elchixonasi, shuningdek, Yaponiyaning Janubiy-Saxalinskdagi bosh konsulxonasi tomonidan Rossiya TIVga topshirilgan.
Suga ro‘y bergan hodisani «juda qayg‘uli» holat, deb atadi.
Ta'kidlanishicha, Rossiya hududiga sun'iy yo‘ldosh telefonlarini olib kirishga ushbu davlat Aloqa nazorati xizmati ruxsatnomasi talab etiladi. Yaponiyaning «Kiodo» agentligiga ko‘ra, Janubiy Kuril orollarida rus qonunlarining qo‘llanilishi «Yaponiya huquqiy pozitsiyasiga zid keladi».
Mavzuga oid
22:02 / 05.12.2025
Qrim bir oyda «qulagandi», kichik Pokrovsk hamon «oyoqda»: 11 yilda nima o‘zgardi?
19:09 / 05.12.2025
Moskva meri migrantlardan norozi bo‘lganlarga qo‘lga supurgi olishni maslahat berdi
18:02 / 05.12.2025
O‘zbekiston 2024 yilda Rossiyadan 39 mln dollar qarz oldi
14:47 / 05.12.2025