Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQShni xotirjamlikka chaqirdi
Foto: Jason Lee/Reuters
XXR TIV rasmiy vakili Gen Shuanning ma'lum qilishicha, Xitoy AQSh bilan savdo urushi olib borishga intilayotgani yo‘q. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
«Agarda AQSh tomonidan tobora avj oldirib borilayotgan savdo urushi haqida gapiradigan bo‘lsak, u holda Xitoy bunday urushni xohlamaydi, biroq biz qo‘rqmaymiz ham va kerak bo‘lsa jang olib borishga majbur bo‘lamiz. Bu bizning qat'iy va aniq pozitsiya, hamda uni avval ko‘p bora ma'lum qilib o‘tgandik», - dedi Shuan.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy tomoni AQShga «sovuqqonlikni saqlab qolish va tegishli muammolarga aqlni ishlatgan holda yechim topishni» maslahat beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Xitoy bilan savdo kelishuviga erishishga tayyor ekani, XXRga talab qo‘yilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
00:48
Xitoy kompaniyasi odamsimon robotlar sotish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi
18:06 / 10.01.2026
Venesuela va AQSh diplomatik munosabatlarni tiklamoqchi
16:59 / 10.01.2026
Ishinger: Rossiya yevropaliklar bilan emas, AQSh bilan muzokaraga qiziqyapti
14:26 / 10.01.2026