Jahon | 07:31 / 23.07.2018
5812
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp G20 sammitiga boradi

Foto: EPA-EFE/JIM LO SCALZO

AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchinning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp «Katta yigirmatalik» sammitiga tashrif buyuradi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

G20 navbatdagi sammiti Argentinada 2018 yilning 30 noyabr - 1 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

«U sammitga tashrif buyuradi. Men bu yerga u bilan birga qaytishdan xursand bo‘laman... Bilaman, u xorijiy mamlakatlar va hukumatlar yetakchilari bilan samarali munozaralarni juda kutmoqda», - deya ma'lum qilgan Mnuchin «yigirmatalik» davlatlari moliya vazirlari bilan uchrashuvda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Putin bilan nega «yumshoq» munosabatda bo‘lganini tushuntirgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid