Jahon | 08:16 / 24.07.2018
9266
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil Rossiyaning Suriya bo‘yicha taklifini rad etdi - OAV

Foto: Debbie Hill/Pool via Reuters

Isroil Rossiyaning Suriya hududi janubida eronlik harbiylar bo‘lmagan zonani yaratish to‘g‘risidagi taklifini rad etdi. Bu haqda Reuters Isroilda vaziyatdan xabardor bo‘lgan manbaga asosan ma'lum qilmoqda.

Aniqlik kiritilishicha, Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov boshchilik qilayotgan RF delegatsiyasi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga Golan tepaliklaridagi sulh chizig‘idan 100 km.lik masofada Suriya prezidenti Bashar Asad tomonida jang qilayotgan eronlik harbiylar kirmaydigan zonani yaratish borasida taklif bilan chiqqan.

Manba so‘zlariga ko‘ra, Isroil bu taklifni rad etgan, Netanyaxu esa, Isroil tomoni o‘zi nazoratida bo‘lgan hududdan hattoki 100 km masofada ham Eron pozitsiyalari mustahkamlanishiga yo‘l qo‘ymasligini ta'kidlab o‘tdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid