Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampni tanqid qiluvchi gazeta o‘z xodimlarining yarmini ishdan haydamoqda
Foto: globallookpress.com
The NY Daily News har kunlik gazetasi rahbariyati yangiliklar bo‘limi xodimlarini ommaviy ishdan bo‘shatish haqida qaror qabul qildi. Nashr bosh muharriri Jim Rich ham ishdan ketmoqda, deb xabar beradi The Associated Press.
Ma'lumotlarga ko‘ra, gazeta rahbariyati bunday o‘zgarishlarga gazetani raqamli shaklda ishlaydigan nashrga aylantirish rejalari borligi bilan izoh bergan. Ta'kidlanishicha, gazeta ommaviy ishdan bo‘shatishlardan keyin jinoyatchilik, fuqarolik huquqlari va davlat mas'uliyati kabi sohalarga aloqador bo‘lgan yangiliklarni yoritish bilan shug‘ullanadi.
Richning so‘zlariga ko‘ra, «demokratiyadan nafratlanuvchi» odamlar uchun yaxshi kun keldi. Nyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomo ushbu gazetaga egalik qiluvchi Tronc kompaniya rahbariyatidan ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi qarorni qayta ko‘rib chiqish haqida so‘ragan.
Mavzuga oid
09:25 / 15.04.2026
Tramp: Eron bilan mojaro tugashiga oz qoldi
08:38 / 15.04.2026
Tramp Melonini Eron bo‘yicha pozitsiyasi uchun keskin tanqid qildi
09:10 / 09.04.2026
AQSh NATOdagi a’zoligini qayta ko‘rib chiqishi mumkin
13:42 / 10.03.2026