Jahon | 20:10 / 25.07.2018
3897
2 daqiqa o‘qiladi

YeI suriyalik qochoqlarni o‘qitish uchun Turkiyaga 400 mln yevro ajratdi

Foto: AFP

YeI Turkiya hududidagi suriyalik qochoqlarni o‘qitish uchun 400 mln yevro ajratdi. Bu haqda Yevrokomissiya rasmiy vakili Aleksander Vintershtayn ma'lum qildi. Bu pullar 3 mlrd yevrolik yordam dasturi hisobiga ajratilgan bo‘lib, buning evaziga Anqara migrantlar uchun YeI chegaralarini yopadi.

"Yevrokomissiya turkiyadagi suriyalik qochoqlar ta'limi uchun 400 mln yevro miqdorida yangi yordam paketi ajratishni ma'qulladi. Bu YeIning Turkiyadagi qochoqlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi uchun Turkiyaga 3 mlrd yevro ajratish to‘g‘risidagi kelishuvning birinchi to‘lovi", - dedi u.

YeV vakili jurnalistlarning Bryussel qochoqlarning uylariga qaytishlari uchun ham pul ajratishi mumkinligi haqidagi savollariga javob bera olmadi. Buning o‘rniga u qochoqlarga yordam dasturini davom ettirish muhimligini ta'kidladi.

"Bu ta'lim uchun yo‘naltirilgan juda muhim loyiha va bu mablag‘ni Turkiya hukumatiga emas suriyalik qochoqlar ehtiyoji uchun ajratganimizni anglash lozim", - dedi u.
Yevrokomissiya bayonotiga ko‘ra, 400 mln yevro bevosita to‘lov sifatida Turkiya ta'lim vazirligi hisobiga o‘tkaziladi.

YeI va Turkiya 2015 yilgi migratsion inqiroz paytida kelishuv imzolagan bo‘lib, unga ko‘ra Yevroittifoq Anqaraga 3 mlrd yevro to‘lashi va Turkiya fuqarolari uchun vizasiz rejim hamda mamlakatning YeIga kirishi borasidagi muzokaralarni faollashtirishi lozim edi. Turkiya buning evaziga Yevropaga Suriyadan migrant va qochoqlarni o‘tkazmaslik majburiyatini olgandi.

Mavzuga oid