Jamiyat | 10:35 / 25.07.2018
17123
4 daqiqa o‘qiladi

Kommunal xizmatlar haqini to‘lamaslik qanday oqibatlarga olib keladi?

Foto: Sputnik

Keyingi yilda qonun hujjatlariga kommunal xizmatlar iste'molchilarining to‘lov intizomini mustahkamlashga doir yangi normalar kiritildi. Bundan tegishli xizmatlarning eslatishiga o‘rin qoldirmay, o‘z vaqtida to‘lash kerak degan xulosa chiqarish mumkin, deb yozadi Norma.
 
Barcha yangiliklar, shu jumladan Majburiy ijro byurosiga elektr energiyasi, gaz, sovuq suv va suv chiqarish haqini to‘lash bo‘yicha qarzdorliklarga qarshi kurashish vakolatlarining berilishi hamma iste'molchilar xizmatlar haqini o‘z vaqtida to‘lashini ko‘zlaydi.
 
Davlat kommunal xizmatlar haqi o‘z vaqtida to‘lanishini rag‘batlantiradi. Jismoniy shaxslar to‘lov kunidan boshlab o‘n ikki oydan oshmaydigan davr uchun avans tariqasida to‘lagan kommunal xizmatlar haqi tegishli tariflar oshgan taqdirda qayta hisob-kitobdan ozod qilinadi.    
 
Elektr energiyasi iste'molchilarining to‘lov intizomini mustahkamlash uchun elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatik tizimi hamda oldindan to‘lov funksiyasiga ega hisoblagichlar joriy etilmoqda. Joriy etilgan qoidaga ko‘ra, 2018 yil 1 yanvardan boshlab suv ta'minoti va suv chiqarish xizmatiga 100%lik oldindan haq to‘lanadi.
 
Shunday qilib, kommunal xizmatlar haqi o‘z vaqtida to‘lanmasa, bu qanday oqibatlarga olib keladi? Dastlab quyidagi hujjatlarni o‘rganib chiqib, javobni jadvalda bayon etdik:

• Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari;
• Iste'molchilarga suv ta'minoti va suv chiqarish xizmatlari ko‘rsatish qoidalari;
• Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari;
• Ko‘p kvartirali uylarda issiqlik ta'minoti xizmatlari ko‘rsatish qoidalari;
• Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatish qoidalari;
• Iste'molchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
• Prezidentning 15.02.2018 yildagi «Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta'minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF–5343-son Farmoni;
• Prezidentning 16.11.2017 yildagi «Suv ta'minoti va suv chiqarish xizmati ko‘rsatish sohasida to‘lov intizomini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–5241-son Farmoni.

Qarzdorlar ro‘yxatida bor-yo‘qligingizni Byuro saytidagi interaktiv xizmatdan foydalanib tekshirib ko‘rishingiz mumkin.

Qarzdorlar orasida o‘z xatti-harakatlarini xizmatlar to‘liq yetkazib berilmaganligi va ularning sifati lozim darajada emasligi bilan oqlamoqchi bo‘lganlar ko‘p topiladi. Shuni nazarda tutish lozimki, qonun hujjatlari va qoidalar nafaqat xizmatlarni yetkazib beruvchilar, balki iste'molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qiladi. Kommunal xizmatlarni yetkazib beruvchilarga nisbatan e'tirozlarni ular yuzaga kelishi bilan qisqa muddat ichida yozma shaklda bildirish va ularning bartaraf etilishiga yoxud boshqa qonuniy qarorlar qabul qilinishiga erishish darkor. Indamay turib, xizmatlar haqini to‘lashdan o‘zboshimchalik bilan bosh tortish qarzdorlik yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi, uni esa baribir to‘lashga to‘g‘ri keladi.

Asossiz hisoblanmalar yuzasidan xizmatni yetkazib beruvchiga, u elektr energiyasi, sovuq suv, suv chiqarish va gaz bilan bog‘liq bo‘lsa – Majburiy ijro byurosiga ham e'tiroz bildirish zarur.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid