Jizzaxdagi kanalda ikki nafar bola cho‘kib ketdi
23 iyul kuni Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida yashaganlar 12-sonli o‘rta maktabning 6-sinf o‘quvchisi R.X. va ukasi shu maktabning 3-sinf o‘quvchisi I.X.lar shu MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Sarkisov” kanalida cho‘milayotib, ehtiyotsizliklari oqibatida cho‘kib ketganlar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, olib borilgan qidiruv ishlari natijasida R.X.ning jasadi Zafarobod tumani “Birlik” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “YuR-24” kanalidan topilgan.
«Hurmatli fuqarolar, farzandingiz va yaqinlaringizni cho‘milish tavsiya qilinmagan joylarga yubormang. Agarda maxsus cho‘milish havzalariga bormoqchi bo‘lsa, ularni nazoratsiz qoldirmang! Hushyor bo‘ling!» - deyiladi IIV xabarida.
Mavzuga oid
09:00 / 13.11.2024
1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi
09:25 / 06.11.2024
Jizzaxda qariyb 800 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro aniqlandi
13:50 / 02.11.2024
«Paxtakor» metro bekatining eskalator o‘rnatilgan tomoni vaqtincha yopiladi
08:30 / 28.10.2024