Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston urushga tayyor bo‘lishi kerak – Pashinyan
Foto: Sputnik / Asatur Yesayants
Armanistonning yangi bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘da urush bo‘lishi ehtimoli katta, deb hisoblamoqda.
“Biz urushga tayyor bo‘lishimiz lozim”, deb aytgan Pashinyan shu munosabat bilan “Exo Moskvy” radiostansiyasiga bergan intervyusida.
Uning ta'kidlashicha, “Armanistonda Rossiyada mintaqada yangi keskinlikka yo‘l qo‘ymaslikka va Ozarboyjonni Armaniston hamda Qorabog‘ga hujumdan bosib turuvchi barcha vositalar mavjudligiga barcha ishonadi”.
“Men bizning strategik sherik, ko‘p asrlik og‘amiz va do‘stimiz urushga yo‘l qo‘yishiga hech qanaqasiga ishonmayman. Men bunga ishona olmayman”, deb aytgan Pashinyan.
Armaniston bosh vaziri Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan qurol yetkazib berish bo‘yicha Rossiya va Ozarboyjon o‘rtasidagi shartnomalarni muhokama qilganini ma'lum qilgan, biroq ushbu suhbat tafsilotlarini oshkor qilib o‘tirmagan.
Pashinyan Putin Rossiyadagi jahon chempionati ochilishida uni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan tanishtirib qo‘yganini eslab o‘tgan.
Mavzuga oid
09:45 / 30.12.2025
Armaniston va Turkiya vizaviy tartibni qisman soddalashtirdi
09:01 / 30.12.2025
Ozarboyjon: Ukrainada har ikki tomonda urishganlar jazolanadi
21:36 / 25.12.2025
Qozog‘iston AZAL samolyoti halokati tergovining dastlabki tafsilotlarini oshkor qildi
14:51 / 19.12.2025