Texnologiya | 03:58 / 26.07.2018
4490
1 daqiqa o‘qiladi

Facebook kompaniyasining aksiyalari bir kunda deyarli 24 foizga arzonladi

Foto: Reuters

Mashhur Facebook ijtimoiy tarmog‘ini  boshqaruvchi shu nomdagi AQSh kompaniyasining aksiyalari bir kunda deyarli 24 foizga arzonladi. Bunga kompaniya rahbariyatining chorshanba kuni bergan bayonoti sabab bo‘lgani aytilmoqda. 

Ma'lum qilinishicha, kompaniya rasmiylari shaxsiy ma'lumotlar maxfiyligi masalasi ijtimoiy tarmoq biznesi, undan olinadigan daromadlarga salbiy ta'sir qilishini aytgan. 

Ushbu bayonotdan ikki soat o‘tishi bilan kompaniyaning kapitalizatsiya mablag‘lari 150 milliardgacha kamaydi.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid