Jahon | 09:18 / 26.07.2018
6957
2 daqiqa o‘qiladi

Nino Burjanadze: «Gruziyaning NATOga kirishi umuman kerak emas»

Foto: RIA Novosti/Aleksandr Imedashvili

Gruziya parlamenti sobiq spikeri Nino Burjanadzening ma'lum qilishicha, Gruziya hal etilmagan ikkita etnik mojaro tufayli yaqin vaqt ichida NATO a'zosiga aylanmaydi. Bu haqda u «Izvestiya» gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

Avvalroq, NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Gruziya NATO a'zosiga aylanishi haqida ma'lum qilgandi. Shu bilan birga, alyans rahbari aniq muddatlarni oshkor etmagan.

Burjanadze, Stoltenbergning so‘zlariga izoh berib, Gruziya hukumati «o‘n yildan beri» shunday so‘zlarni eshitayotgani haqida ma'lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO vakillari mamlakatda 2008 yildan so‘ng vaziyat «radikal» ravishda o‘zgarganini «juda yaxshi» tushunib turibdi.

Sobiq spikerning ta'kidlashicha, mamlakatda ikkita etnik mojaroga yechim topilmagunga qadar, Gruziyaning NATOga «kirishi haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas».

«Hozir Gruziyaning NATOga kirishi umuman kerak emas», - deya xulosa qilgan Burjanadze.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid