O‘zbekiston | 12:15 / 26.07.2018
11388
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston kompaniyalari rahbarlari biznes uchun asosiy xatarlarni ma'lum qilishdi

Foto: Dreamstime

PricewaterhouseCoopers CEO Survey yillik an'anaviy so‘rovini o‘tkazdi. Bu yilgi so‘rovda 85 mamlakatdan 1300ta CEO ishtirok etdi, shu jumladan, O‘zbekistondagi 30ta kompaniya rahbarlari, deb xabar qilmoqda Spot.

PwC har yili dunyodagi yirik kompaniyalar rahbarlari o‘rtasida keng miqyosli so‘rov o‘tkazadi. Loyihaning maqsadi - jahon biznesi yetakchilari oldida turgan muammolarni chuqur va har tomonlama tushunish.

O‘zbekistondagi kompaniyalar rahbarlarining 70 foizi kelgusi 12 oyda jahon iqtisodiyoti o‘sishi tezlashishiga ishonadi.

Malakali kadrlarning etishmasligi - mintaqadagi eng dolzarb biznes muammolardan biri.

Eng muhim xatarlar orasida ta'minot zanjirining buzilishi va biznesga bo‘lgan ishonchning yo‘qligi ham bor.

SeO’ning asosiy tashvishlari terrorizm tahdidi, populizm, haddan ziyod tartibga solish, asosiy infratuzilmaning yetishmasligi, valyuta kurslarining o‘zgaruvchanligi va proteksionizm bilan bog‘liq.

Respondentlarning 60% bozorda yangi raqobatchilarning paydo bo‘lishi kelgusi besh yil ichida o‘z bizneslari barqarorligiga asosiy tahdid ekanini ta'kidladi.

Bundan tashqari, SeO’larning yarmidan ko‘pi tarmoq qonunchiligida besh yil ichida kutilayotgan o‘zgarishlarda tahdid ko‘rmoqda. Dunyodagi hamkasblaridan farqli o‘laroq, o‘zbek kompaniyalarining rahbarlari iste'molchilar tanlovi va texnologik o‘zgarishlardan juda ko‘p muammolarni kutishmayapti.

Kelgusi 12 oy davomida biznesni rivojlantirishning umumiy istiqbollari jihatidan uchta muhim davlat - Rossiya, Qozog‘iston va Xitoy.

Shu bilan birga, qo‘shni Qozog‘iston uchun O‘zbekiston ushbu reytingga ilk marotaba kiritildi va umumiy biznes rivoji istiqbollari nuqtai nazaridan Turkiyadan o‘tib ketib, to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Mavzuga oid