Ukrainlarning uçdan tört qismi (taxminan 75 foiz) quyidagilarni öz içiga olgan tinçlik rejasini qabul qilib bölmaydi deb hisoblaydi: xavfsizlik kafolatlari bölmagan, ukrain qöşinlarini Donetsk viloyatidan olib çiqiş közda tutilgan va UQK (Ukraina Qurolli kuçlari) sonini çeklaş nazarda tutilgan reja. Bu haqda Kiyev xalqaro sotsiologiya instituti 26 noyabrdan 13 dekabrgaça Kiyev nazoratidagi Ukraina hududlarining barça mintaqalarida 547 nafar respondent örtasida ötkazgan sörovi natijalarida aytiladi. Tadqiqot natijalari 15 dekabr, duşanba kuni e’lon qilingan.
Respondentlarning 72 foizi esa quyidagi şartlarni öz içiga olgan tinçlik rejasiga rozi bölişi mumkinligini bildirgan: uruşni hozirgi front çiziğida “muzlatib qöyiş” va Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlari — ammo okkupatsiya qilingan hududlarni rasman Rossiyaniki deb tan olmasdan. 14 foiz iştirokçi bunday rejani ham rad etgan.
Sörovda qatnaşganlarning faqat 9 foizi Rossiyaning bosqini 2026 yil boşigaça tugaydi deb öylaydi. 14 foiz — kelasi yilning birinçi yarmida tugaydi, deb hisoblaydi. 11 foiz — 2026 yilning ikkinçi yarmini aytgan, 32 foiz esa 2027 yil va undan keyin deb javob bergan. Har uçinçi respondent “bilmayman” deb javob qaytargan.
Sörov şuni ham körsatganki, ukrainlarning 63 foizi uruşga qança kerak bölsa, şunça çidaşga tayyor. Yana 15 foizi — olti oy yoki bir neça oy çiday olişini, 1 foiz — taxminan bir yil çiday olişini aytgan. 21 foiz respondent bu savolga javob bera olmagan.
Prezident Volodimir Zelenskiyga respondentlarning 61 foizi işonadi, 32 foizi esa işonmaydi. Oktyabr boşida işonç reytingi deyarli şu körinişda bölgan: 60 foiz işonadi, 35 foiz işonmaydi.
Ehtimoliy prezident saylovlari haqidagi savolga 57 foiz iştirokçi saylovlarni faqat tinçlik kelişuvi tuzilib, uruş töliq yakunlangandan keyin ötkaziş mumkin, deb javob bergan. 25 foiz — öt oçiş töxtatilib, xavfsizlik kafolatlari berilsa, saylov ötkaziş mumkin, deb hisoblaydi. Faqat 9 foiz ukrain esa jang harakatlari davom etayotgan şaroitda ham saylov ötkazilişi kerak, deb öylaydi.


















