Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Advokat: «Trump Tower'dagi ruslar bilan uchrashuvdan Donaldning xabari bo‘lgan»
AQSh prezidenti Donald Trampning sobiq shaxsiy advokati Maykl Koen 2016 yili yuz bergan Trump Tower'dagi ruslar bilan uchrashuvdan Donaldning xabari bo‘lgani haqida gapirib berdi, deb xabar tarqatmoqda CNN.
Bu haqda CNN'ga ismi sir qolish sharti bilan ma'lumotlarni yetkazgan manbaning ta'kidlashicha, Koen Robert Myuller olib borayotgan tergov harakatlarida faol bo‘lishni bildirib, o‘ziga ma'lum voqealarni aytib berishini bildirgan.
«Unga ishonib bo‘lmaydi. Agar ular Koenga ishonishsa, barcha ishlari barbod bo‘ladi», deydi prezidentning amaldagi huquqshunosi Rudi Gilayni.
Hozircha hech kim Koenning so‘zlarini tasdiqlay olmadi, advokatning o‘zi ham izoh berishdan tiyilmoqda.