Jahon | 16:02 / 27.07.2018
7915
2 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen In Mao Tszedunning o‘g‘li xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Foto: kcna.kp

KXDR rahbari Kim Chen In 1950-1953 yillardagi Koreya urushi yakunlanganining 65 yilligi munosabati bilan XXR raisi bo‘lgan Mao Tszedunning o‘g‘li Mao Aninning qabrini ziyorat qildi, deb xabar berdi Shimoliy Koreya OAV.

Mao Tszedunning o‘g‘li amerikaliklarning Shimoliy Koreya hududiga bergan aviazarbalari oqibatida halok bo‘lgan va Xvechxan uyezdidagi xitoylik "xalq ko‘ngillilari" qabristoniga dafn etilgan.

Koreya markaziy telegraf agentligining xabar berishicha, Mao Anin qabriga Kim Chen In va KXDR harbiy davlat arboblari nomidan gulchambar qo‘yilgan.

Xitoy urushda rasman ishtirok etmagan, balki qo‘shinlari AQSh kabi BMT bayrog‘i ostida urushga kirgan.  

Yaponiyaning Kiodo agentligi xabar qilishicha, Pxenyanda urush tugashining 65 yilligi tantanalarida 105 qavatli "Ryugyon" mehmonxonasi binosida bayram illyuminatsiyasi tashkil etilgan. Bino devorida askarlar va mushaklar hamda qo‘llarida kabutar ushlagan bolalar tasvirlari aks etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR AQShga Koreya urushi davrida halok bo‘lgan amerikalik askarlarning jasadlari qoldiqlarini topshirgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid