KXDR rahbari Kim Çen In 1950-1953 yillardagi Koreya uruşi yakunlanganining 65 yilligi munosabati bilan XXR raisi bölgan Mao Tszedunning öğli Mao Aninning qabrini ziyorat qildi, deb xabar berdi Şimoliy Koreya OAV.

Mao Tszedunning öğli amerikaliklarning Şimoliy Koreya hududiga bergan aviazarbalari oqibatida halok bölgan va Xveçxan uyezdidagi xitoylik "xalq köngillilari" qabristoniga dafn etilgan.

Koreya markaziy telegraf agentligining xabar berişiça, Mao Anin qabriga Kim Çen In va KXDR harbiy davlat arboblari nomidan gulçambar qöyilgan.

Xitoy uruşda rasman iştirok etmagan, balki qöşinlari AQŞ kabi BMT bayroği ostida uruşga kirgan.  

Yaponiyaning Kiodo agentligi xabar qilişiça, Pxenyanda uruş tugaşining 65 yilligi tantanalarida 105 qavatli "Ryugyon" mehmonxonasi binosida bayram illyuminatsiyasi taşkil etilgan. Bino devorida askarlar va muşaklar hamda qöllarida kabutar uşlagan bolalar tasvirlari aks etgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq KXDR AQŞga Koreya uruşi davrida halok bölgan amerikalik askarlarning jasadlari qoldiqlarini topşirgani xabar qilingandi.