Ukrainalik deputatlarning ommaviy mushtlashuvi videoga olindi
Ukrainaning Sumi oblasti Konotop shahri kengashida mojaro yuz berdi, u amaldagi merning tarafdorlari va unga qarshi bo‘lganlar o‘rtasidagi mushtlashuvga aylanib ketdi. Mushtlashuv tasvirlangan video Youtube’da e'lon qilingan.
Sumi oblasti politsiyasi aloqalar bo‘limining Facebook’da xabar berishicha, to‘qnashuvlar davomida to‘rt nafar politsiyachi jarohat oldi, mushtlashuvda qatnashgan 50 shaxs qo‘lga olindi.
"Har ikki tomon zalda o‘z tarafdorlarini yig‘di, ular mojarolar va mushtlashuvlarni atayin keltirib chiqarishga urindi. Yig‘ilishda shaharliklar va faollar ham bo‘lgani tufayli, politsiya xodimlari qarama-qarshi tomonlar o‘rtasida devor bo‘lib turib oldi, bu ommaviy tartibsizliklar hamda fuqarolar orasida qurbonlar yuz berishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qilindi", - deya yozgan politsiya boshlig‘ining o‘rinbosari Oleg Kuzminkov.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, politsiya siyosatga qaramay harakat qiladi va fuqarolar tinchligi hamda shaharda tartibni saqlash uchun qonunchilikda ko‘zda tutilgan barcha choralarni ko‘radi.
Mavzuga oid
01:24
Oq uy Ukrainaga Rossiya hududiga ATACMS raketalarini qo‘llashga ruxsat berganini tasdiqladi
21:25 / 25.11.2024
Kurskka yana ATACMS uchdi. Navbat «Oreshnik»gami?
18:32 / 25.11.2024
Le Monde: Yevropa mamlakatlari yana Ukrainaga qo‘shin yuborish ehtimolini muhokama qilmoqda
15:46 / 25.11.2024