Jahon | 11:09 / 28.07.2018
4724
1 daqiqa o‘qiladi
Erdo‘g‘an sentabrda Germaniyaga tashrif buyurishi mumkin
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 2018 yilning sentabrida Germaniyaga davlat tashrifi bilan kelishni rejalashtirmoqda. Bu haqda ikki mamlakat hukumatlaridagi manbalarga tayanib Bild gazetasi xabar berdi.
Nashrning bildirishicha, sentabrning oxiriga mo‘ljallangan tashrif Erdo‘g‘anning bu davlatga prezident sifatidagi ilk tashrifi bo‘ladi (u Germaniyada so‘nggi bor 2014 yil fevralda bo‘lgan). Anqaradagi diplomatik manbaning ma'lum qilishicha, Turkiya prezidenti shuningdek Germaniyada vatandoshlar oldida chiqish qilish istagida.
Germaniya prezidenti aprel oyida bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqot chog‘ida Erdo‘g‘anni Germaniyaga taklif qilgan edi.
Mavzuga oid
00:32 / 04.12.2022
Turkiyaning birinchi uchuvchisiz qiruvchi samolyoti sinov parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi
00:54 / 03.12.2022
Turkiyalik sharhlovchi JCh-2022 o‘yini tanaffusida efirdan chetlatildi
23:02 / 01.12.2022
Shols Bundesverda o‘q-dori tanqisligi yuzaga kelganini tan oldi
07:20 / 30.11.2022