Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp saylovlarga tashqaridan aralashishlarga toqat qilolmasligini bildirdi
Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp juma kuni saylovlar bo‘yicha Milliy xavfsizlik kengashining yig‘ilishini o‘tkazdi, deb xabar berdi Oq uy.
"Prezident uning ma'muriyati har qanday davlat yoki boshqa yovuz niyatli shaxs tomonidan saylovlarimizga tashqaridan aralashuv bo‘lishiga toqat qilolmasligini aniq-ravshan ma'lum qildi", — deyiladi Oq uy matbuot kotibi Sara Sandersning bayonotida.
Yig‘ilishda shuningdek "siyosiy va saylov jarayonlariga aralashishni istaganlarga" qarshi turish va ularni javobgarlikka tortish choralari muhokama qilindi, deyiladi xabarda.
Rossiyaning AQShdagi saylovlarga “aralashuvi” bo‘yicha AQSh kongressida va maxsus prokuror Robert Myuller boshchiligida tergov olib borilmoqda. Tergov bir yildan ko‘proq davom etayotganiga qaramay, aralashuvga hali birorta isbot keltirilmagan.
Rossiya o‘z navbatida bu ayblovlarni rad etib kelmoqda.
Mavzuga oid
15:30
Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazasi va NQZga hujum qildi
15:11
AFP: Rossiyaning Ukraina hududlariga havo hujumlari soni kamaygan
13:37
So‘rov: Rossiyada qolgan nemis kompaniyalari bozordan ketishni rejalashtirmayapti
10:56