Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makronning reytingi sobiq qo‘riqchisi sababli rekord darajada tushib ketdi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning ommaboplik reytingi Yelisey saroyi xodimi namoyishchini do‘pposlashi bilan bog‘liq mojarodan so‘ng rekord darajada pastladi. Bu haqda Fransiyaning Journal du Dimanche nashri xabar berdi.
Fransiya jamoatchilik fikrini o‘rganish instituti (IFOP) so‘rovnomasi natijalariga ko‘ra, Makronning prezidentlik lavozimidagi faoliyatidan Fransiyaning atigi 39 foiz aholisi qoniqish hosil qilmoqda. Shu tarzda u 2017 yil yozidagi antirekordini yangiladi. O‘shanda prezidentning reytingi 40 foizgacha tushib ketgandi.
Avvalroq Le Monde Makronning qo‘riqchisi Aleksandr Bennala Parijdagi may namoyishi vaqtida namoyishchini do‘pposlagani tasvirlangan videoni e'lon qilgandi. Bennala o‘tgan haftada Yelisey saroyidagi xizmatdan bo‘shatilgan. Unga nisbatan namoyishchini do‘pposlashda gumonlanib dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:17 / 11.06.2026
Makron: Zelenskiy G7 sammitida ishtirok etadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
10:10 / 21.04.2026
Fransiya va Polsha harbiy aloqa uchun sun’iy yo‘ldosh yaratadi
00:18 / 18.11.2022