Jamiyat | 16:40 / 29.07.2018
32789
2 daqiqa o‘qiladi

Ofisiantlar tushlik uchun mayda pul to‘lagan talaba ustidan kulishganiga afsuslanishdi

Foto: facebook.com/thequarterboymeals

Virjiniya shtatida yashovchi 17 yoshli talaba Koen Nolti o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida restoranda ofitsiant bo‘lib ishlaydi. U pul to‘plab do‘stlarini Beer 88 nomli barda mehmon qildi.

Hammasi uning ziyofat uchun to‘laganidan keyin sodir bo‘ldi. Koen tushlik uchun 45 dollar to‘ladi va 10 dollar choy puli ham qoldirdi. Uning to‘lovning bir qismini 20 dollarlik pul va qolganini tangalar bilan to‘lagani ofitsiantlarga yoqmadi va ular mijozning ustidan kulishdi.

Barning feysbukdagi sahifasida ular chek va Koen to‘lagan pullar suratini joylashdi.

«Biz bu suratni «Restoranda qanday pul to‘lamaslik kerak» deb nomlaymiz, bunday bema'nilik uchun eng yaxshi so‘zimiz shu bo‘ladi», deb yozishdi ular surat ostiga. 

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa Koenning tarafini olishdi. Ko‘pchilik hatto bu barda to‘lovni faqat tanga bilan amalga oshirishga chaqirdi. Shundan so‘ng ofitsiantlar suratni o‘chirib tashlashdi va kechirim so‘rashdi.

«Menga so‘nggi tangam qolgan bo‘lsa ham boshqalarni mehmon qilish yoqadi. Meni tahqirlashgani esa boshqalarni mehmon qilish menga qanchalik yoqishini yana bir bor ko‘rsatadi xolos», deb yozdi Koenning o‘zi.

U foydalanuvchilardan boshqalarni mehmon qilish unga tanga jo‘natishlarini so‘radi. U turli oshxonalarda tanga bilan to‘lov qilishni va ofitsiantlarning bunga munosabatini suratga olmoqchi.

Turli mamlakatlarda yashovchi kishilar unga pul jo‘nata boshlashdi va yigitcha bir qop tanga yig‘ishga ulgurdi.

Mavzuga oid