AQŞning Virjiniya ştatida yaşovçi Brayan Tornxill 10 yoşli öğlini bezorilik qilgani uçun maktabgaça yomğir ostida yugurişga majbur qilgan. 

Tornxill Facebook’da yomğir vaqtida katta ryukzak bilan çopayotgan öğli ortidan maşinada ketayotgani va nima yuz berayotganini tuşuntirayotgan videoni joylaştirgan. Video 4 kun içida 26 mln martadan köproq tomoşa qilingan.

“Mening öğlim avtobusda  köngilsizliklarga şunçalik köp tuşganki, uni avtobusdan haydab çiqarişgan va unga 3 kun davomida undan foydalaniş taqiqlandi, çunki u biroz bezorilik qilgan. Bunga çidab turmayman. Şu sababli u maktabgaça yugurişi kerak”, deb aytgan Tornxill.

Otaning aytişiça, maktabgaça masofa 1,6 km ni taşkil qiladi. U öğlini bunday jazolaşni “maqbul holat” deb atagan va jismoniy maşqlar foydasi haqida eslatib ötgan hamda öz farzandlarini uriş örniga “ijodkorroq bölişga” çaqirgan.

Erkakning aytişiça, uning öğli bir haftadan beri yugurmoqda va bu orada bolaning xulqi ança yaxşilangan. Uning ta'kidlaşiça, öğli vaziyatga töğri qaragan va singlisiga “otam doimo haq”, deb aytgan. 

Erkak buni “eski qadrdon tarbiya” deb atagan va Amerikaga qurolni nazorat qiliş emas, aynan şu narsa kerakligini aytgan. “Men farzandlarimni quroldan farqli ravişda, şkaf içida qamab qöya olmayman. Qurolni esa osonlik bilan va doimo nazorat qila olaman”, deb aytgan ota.  

Rolikka berilgan izohlarda bildirilgan fikrlar turliça böldi. Kimdir otaga tanbeh bergan bölsa, boşqalar esa uni qöllab-quvvatlaşgan va maktabgaça biroz yuguriş foydadan xoli bölmasligini aytişgan.