Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2019 yildan avtomobillarga narx borasida turli chegirmalar beriladi
Xalqaro Press klubning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda "O‘zavtosanoat" vakillari ishtirok etdi.
“O‘zavtosanoat” rahbari Shavkat Umurzoqovning bildirishicha, kelasi yildan avtomobillarga turli chegirmalar beriladi.
“Men sizlarga va'da beraman: kelasi yildan avtomobillarga narx borasida turlicha chegirmalar bo‘ladi. Narxlarni pasaytirishga harakat qilamiz. Bu borada ijtimoiy tarmoqlarda yozilgan e'tirozlarni men qabul qilaman, ammo kelasi yilgacha vaziyat mutlaqo o‘zgaradi.
Bizda boshqarish tizimi umuman eskicha bo‘lib qolgan. Nega mashinalar narxi oshgan? Bizda eksportga yo‘naltirishga qaralmagan, mashina o‘zining tannarxidan arzon sotilgan, ko‘zbo‘yamachilik bilan shug‘ullanilgan. Sababi, avval reja pastdan chiqib kelgan, so‘ng “O‘zavtosanoat” tasdiqlagan. Endi bunday bo‘lmaydi. Tizim mutlaqo o‘zgaradi”, - deydi u.
Mavzuga oid: Monopoliya, valyuta va korrupsiyalashgan holat. Avtosanoat tizimidagi muammolar sanaldi
Mavzuga oid
08:35 / 15.06.2026
Toshkentda renovatsiyaning birinchi bosqichi boshlandi
17:12 / 05.06.2026
“Toshkentni dunyodagi eng qulay shaharlardan biriga aylantiramiz” – hokim Shavkat Umrzoqov bilan suhbat
13:40 / 20.05.2026
Toshkent shahar hokimi daraxtlar kesilishiga munosabatini aytdi
11:52 / 16.08.2025