O‘zbekiston | 12:34 / 30.07.2018
28988
2 daqiqa o‘qiladi

Monopoliya, valyuta va korrupsiyalashgan holat. Avtosanoat tizimidagi muammolar sanaldi

Foto: UzNews

“O‘zavtosanoat” boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov O‘zbekistondagi avtomobil sanoati muammolari haqida fikr bildirib o‘tdi.

“Avtomobil sanoatining yomon holatga tushib qolishi bo‘yicha 3-4ta yo‘nalishni belgiladim. Birinchisi - butun dunyoda inqiroz bo‘ldi. Biz juda ko‘p avtomobillarni eksport qilar edik. Bu inqirozning ta'siri bizdan hali ketgani yo‘q. Chunki boshidan sog‘lom raqobatga chidashi mumkin bo‘lgan tizim yaratilmagan. Monopoliyaga suyanib qolgan holda faoliyat olib borilgan. Biz buni bartaraf etamiz. 

Keyingisi: nosog‘lomlikka olib kelgan tizim, ya'ni ikki xil kursning bo‘lgani. Hozir devalvatsiya, dollar birga bir ko‘tarildi, biroq avtomashinalar narxi unchalik oshmadi. 50 foizgacha bo‘lgan ehtiyot qismlarini valyutaga olmaymiz, qolgan hammasini valyutaga keladi. Biz mashinalar narxini 50 foizgacha oshirmaganmiz. 

Shuningdek, korrupsiyalashgan holat. Imtiyoz, preferensiyalar ko‘p berilgan joyda korrupsiya rivojlanadi. Bizda intellektual mulk ham yo‘q. 

Bularni birdaniga tuzatib bo‘lmaydi. Sababi bu sohani umuman yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin. Kadrlarni talab darajasida o‘qitamiz, ish joyi yaratiladi”, - deydi Umurzoqov.

Mavzuga oid