Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Turkiyani BRIKSga qabul qilishni so‘radi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Yoxannesburgda BRIKS sammiti davomida blokka kiruvchi davlat yetakchilaridan Turkiyaga BRIKSga qo‘shilishga ijozat berishni so‘ragan. Bu haqda Hurriyet Daily News nashri ma'lum qildi.
“Men agar bizni alyansga qabul qilsangiz, u BRIKST deb atalishini aytdim”, deb ma'lum qilgan Erdo‘g‘an jurnalistlarga va BRIKS a'zolari uning taklifini iliq qarshilashganini qo‘shimcha qilgan.
Avvalroq ma'lum qilinganidek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin hozircha BRIKSga kiruvchi davlatlar sonini ko‘paytirish rejalashtirilmayotganini, biroq kelgusida bunday imkoniyat bo‘lishi mumkinligini aytgan. Putinning ta'kidlashicha, alyansga kirishga ko‘pchilik davlatlar qiziqish bildirmoqda, biroq uning tashkilot bo‘yicha hamkasblari bunga ehtiyotkorlik bilan qarashmoqda.
Yoxannesburgda o‘tgan sammit yakuniga ko‘ra tashkilot faoliyatining 10 yilligi natijalariga bo‘yicha Yoxannesburg deklaratsiyasi imzolandi.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026