Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada ko‘chki sababli 800dan ortiq sayyoh tog‘da qolib ketdi
Tailand hukumati 800dan ortiq sayyoh, jumladan 311 tailandlik 6,4 balli zilziladan keyin sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida Rinjani tog‘ida qolib ketganini xabar qildi, deb yozmoqda Khao Sod gazetasi.
Tailand ichki ishlar vaziri Anupong Paochinda barcha sayyohlar xavfsizlikda ekanini va tez orada evakuatsiya qilinishini bildirdi. Ayni paytda mahalliy hukumat Rinjani hududida qutqaruv operatsiyasini o‘tkazmoqda. Avvalroq yer silkinishidan so‘ng 560ga yaqin sayyoh tog‘da qolib ketgani xabar qilingandi.
Indoneziyaning Lombok orolida Rinjani vulqoni yaqinida yakshanba kuni 6,4 balli zilzila yuz berdi. Indoneziya geofizika va meteorologiya agentligi ma'lumotiga ko‘ra, zilziladan so‘ng 11ta aftershok sodir bo‘lgan. Zilzila oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan, 100dan ortiq kishi jarohatlangan.
Mavzuga oid
11:55 / 25.05.2026
Toshkent viloyatida tog‘da jarohatlangan sayyoh qutqarildi
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
09:04 / 25.02.2026