Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Skripallar ishi bo‘yicha tergovchini taqdirladi
Prezident Vladimir Putin Rossiya tergov qo‘mitasining qator tergovchilarini taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjat 30 iyul, dushanba kuni RF huquqiy axborot portalida e'lon qilindi.
Mukofot olganlar orasida favqulodda vaziyatlar va teraktlar, firibgarlik holatlari bo‘yicha ishlarni yuritgan tergovchilar ham bor. Xususan, Jasorat ordenini Tergov qo‘mitasi raisi huzuridagi alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchi Konstantin Krivorotov oldi. U 224 kishining halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan Sinaydagi A321 bortidagi teraktni tergov qilgan.
Bundan tashqari, hujjatda Tergov qo‘mitasi raisi huzuridagi alohida ishlar bo‘yicha katta tergovchi Sergey Chernishevning ismi bor. U polkovnik Zaxarchenko va Solsberi shahrida zaharlangan Yuliya hamda Sergey Skripallar ishi bo‘yicha tergovni olib borgan.
II darajali «Vatan oldidagi xizmatlari uchun» ordeni medali Roman Nesterovga topshirildi. U Rossiyaning sobiq iqtisodiy rivojlanish vaziri Aleksey Ulyukayev ishiga rahbarlik qilgan. Xuddi shunday orden bilan Kirov oblasti sobiq gubernatori Nikita Belix ishi bo‘yicha tergovchi Roman Mukachev ham taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Skripallarni zaharlashda gumonlanayotganlar Buyuk Britaniyadan qochib ketgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
22:29 / 05.06.2026
Rossiya yana urushni tanladi - Zelenskiy Putinga javob berdi
20:55 / 05.06.2026
Rossiya mintaqadagi shunchaki qo‘shni emas, vaqt sinovidan o‘tgan strategik sherik va ittifoqchi - Shavkat Mirziyoyev
20:34 / 05.06.2026