Jahon | 07:38 / 30.07.2018
35583
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda to‘rt nafar xorijiy sayyoh halok bo‘ldi

Tojikistonda yengil avtomobilning velosipedchilar guruhini urib ketishi oqibatida to‘rt nafar xorijlik sayyoh halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti mahalliy hukumatga asoslanib xabar bermoqda.

Foto: Akhbor

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lgan turistlarning ikki nafari AQSh fuqarosi bo‘lgan.

Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi oqibatida yana uch kishi jarohat oldi.

Foto: Akhbor
Foto: Akhbor

Velosipedchilarga kelib urilgan mashinaning haydovchisi voqea joyidan qochib ketgan. Haydovchini qidirish va qo‘lga olish uchun maxsus brigada tashkil etildi.

Mavzuga oid